Futzal: Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati qurasi 23 mayda o'tkaziladi
16 may 2014 12:26
Yangiliklar

Futzal: Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati qurasi 23 mayda o'tkaziladi
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati final bosqichi qurasi 23 may, juma kuni Xitoyning CHengdu shahrida bo'lib o'tadi.
2014 yilgi Osiyo chempionatida sakkiz jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi. Musobaqa mezboni hisoblangan Xitoyning SHenjen Nanling Tielang klubi avtomatik ravishda A guruhidan, 2013 yilgi Osiyo chempionati g'olibi, Tailandning CHonburi Blyuveyv jamoasi esa V guruhidan o'rin oladi.
Qura ikkinchi savatidan Eronning Dabiri Tabriz va Yaponiyaning Nagoya Oushens jamoalari, to'rtinchi savatidan esa Avstraliyaning Vik Vaypers va Kuvaytning Al-Qodisiyaklublari o'rin olgan.
2014 yilgi musobaqada O'zbekiston sharafini amaldagi mamlakat chempioni hisoblangan Toshkentning Lokomotiv jamoasi himoya qiladi. Jamoa Livanning Bank of Beyrut jamoasi bilan birga quraning uchinchi savatidan joy olgan.
Qura tashlash marosimi 23 may, juma kuni Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadi.
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari 2010 yildan beri o'tkazib kelinadi. 2010 yilgi musobaqada O'zbekiston nomidan Stroitel-Zarafshon, 2011-2013 yilgi musobaqalarda esa Ardus ishtirok etgan bo'lib, eng yuqori natija 2012 yili Kuvaytda bo'lib o'tgan musobaqada qayd etilgan. O'shanda Ardus futbolchilari musobaqa finaliga etib borib, finalda Eronning Giti Pasand jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Fikrlar