Futzal. Dilshod Haydarqulov: "O'zbekiston kubogi yangi formatining ijobiy tomonlari bor"
07 mar 15:05
Yangiliklar
Futzal. Dilshod Haydarqulov: "O'zbekiston kubogi yangi formatining ijobiy tomonlari bor"
Yangicha formatda o'tadigan kubok turniri mutaxassislarda turlicha fikrlarni keltirib chiqarmoqda. "Dinamo" futzal jamoasining bosh murabbiyi Dilshod Haydarqulov bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kubok uchrashuvlarining tashkil qilinishi ajoyib bo'ldi deya olaman. Birinchi o'rinda o'yinlar soni ko'paydi. Jamoalar 4 guruhga bo'lingan holda bir-biri bilan o'zaro 2 marotabadan o'ynashadi. Bu "Dinamo"ga o'xshagan jamoalar uchun ayni muddao. Bunday format ko'plab futzalchilarni tekshirib olish va tajriba oshirishga yordam beradi.
O'ylantiradigan tomoni shuki, Oliy liga sentyabr oyida boshlanadi. Yosh jamoalar guruhdan chiqa olmasa 4 oyga yaqin dam olar ekan. Umuman futzal federaciyaning qarorlarini to'g'ri deb bilaman. Futzal federaciyaning alohida tashkil qilinishini yaxshi bo'ldi, chunki bir paytlar Jahongir Mirabrorovich davrida futzal federaciya alohida bo'lib yaxshi rivojlangan edi. Bu futzalni oldinga intilishida katta rol o'ynaydi.
Yangi jamoalar ko'paygani yaxshi. Shaxsan men "Neftchi", "Guliston" jamoalari qaytganidan xursandman. O'zSQB professional faoliyatini boshlagani bilan tabriklayman.Chempionatimizda kuchli jamoalar ko'paysa, bu terma jamoamizga foyda bo'ladi. Kubok o'yinlarida barchaga omad tilayman",- deydi Dilshod Haydarqulov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar