Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Nepalga qarshi oq rangdagi libosda harakatlanadi
09 apr 2022 20:38
Yangiliklar
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Nepalga qarshi oq rangdagi libosda harakatlanadi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar qildi.
"Ertaga futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichidagi yurishini Nepal jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Uchrashuvda futzalchilarimiz to'liq oq libosda maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi", – deyiladi O'FA xabarida.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da start oladi.
Avvalroq O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida qatnashish uchun Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahriga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o'tamiz, qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi. Uchrashuvlar 12 aprelga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar