So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogiga jo'nab ketdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogiga jo'nab ketdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga yo'l oldi.

Bugun tunda terma jamoamiz delegaciyasi Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga uchib ketdi. Uchinchi bor tashkil etilayotgan qita chempionatida 12 ta jamoa g'oliblik uchun parketga chiqadi. Farrux Zokirov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi qizlari «A» guruhida mezbonlar – Xitoy, shuningdek, Xitoy Taypeyi hamda Avstraliya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

6 may kuni Hohhot shahrida start oladigan Osiyo kubogi musobaqasi 17 may sanasiga qadar davom etadi. Bundan oldingi qita kubogi bahslari 2015 yili Malayziya, 2018 yili Tailand mamlakatlarida tashkil etilgandi. 

Avvalgi Osiyo kubogi finallarida Eron Islom Respublikasi hamda Yaponiya ayollar terma jamoalari kuch sinashishgan va har ikkala finalda fors futzalchilarining qo'li baland kelgan. Ikkala chempionatda ham bronza medalini Tailand terma jamoasi begona qilmagan. 2015 yili tailandliklar 3-o'rin uchun kurashda musobaqa mezbonlari — Malayziya terma jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, oradan uchi yil o'tib tayliklar endi o'z uylarida Vetnam terma jamoasini o'yindan keyingi penaltilar ceriyasida dog'da qoldirgan. 

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining doimiy ishtirokchilaridan biri sanaladi. qizlarimiz 2015 yilgi qita birinchiligida gonkong bilan durang o'ynab, Malayziya hamda Eronga imkoniyatni boy berib qo'ygan va guruhda so'nggi o'rinni egallagan. 2018 yilgi qita chempionatida esa qizlarimiz «D» guruhida Turkmaniston ustidan g'alaba qozonib, Eronga yutqazgan bo'lsada, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan. 

Chorak finalda qizlarimiz kunchiqar yurt vakillari – Yaponiya ter ajamoasiga yutqazib qo'ygach, musobaqada ishtirokini to'xtatgan. Bu gal O'zbekiston terma jamoasi qita chempionatiga uchinchi marta yo'l olayapti. Farrux Zokirov boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo kubogiga optimal tarkibni olib ketayapti deb bo'lmaydi. Mamlakatimizning bir qator iqtidorli qizlari katta futbol musobaqasida O'zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olganligi bois, futzal chempionatiga qo'yib yuborilmadi. Шunday bo'lsada, biz O'zbekiston ayollar terma jamoasidan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика