So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Futzal. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Futzal. 4-tur ramziy terma jamoasi

24-29 mart kunlari futzal bo'yicha XX milliy chempionat birinchi bosqich 4-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Besh kun davomida o'tkazilgan murosasiz uchrashuvlarning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik. Demak, Oliy liga 4-tur ramziy terma jamoasi quyidagicha ko'rinish olgan.

Darvozabon: Abbosbek O'lmasbekov (“Bunyodkor”)
O'yinchilar: Jamoliddin SHaripov (“Olmaliq”), Jo'rabek Ahmedov (“Kogon”), Ilhom Rajabov (“Bunyodkor”), Eldor Hoshimov (“Ardus”).
Zahiradagilar: Alisher Ibragimov (“Do'stlik-AIN”), Muxtor Abdukarimov (“Turon-S”), Konstantin Sviridov (“Olmaliq”), Davron CHoriev (“Ardus”), Dilshod Haydarqulov (“Nafis”).


Abbosbek O'lmasbekov (“Bunyodkor”)
“Qaldirg'ochlar” darvozaboni to'rtinchi turni ishonchli tarzda o'tkazdi, bir necha murakkab vaziyatlarda jamoasini gollardan qutqarib qoldi. “Maksam-CHirchiq” bilan kechgan o'yinda esa o'z darvozasi oldidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi.


Jamoliddin SHaripov (“Olmaliq”)
Terma jamoa azosi hisoblangan Jamoliddin SHaripov 4-turda raqib darvozabonlarini jami 13 bor ranjitdi. U joriy mavsumda bir o'yinda eng ko'p gol urish borasidagi rekordni o'rnatdi. “Paxtakor” bilan kechgan bahsda 7 ta golga mualliflik qildi.


Jo'rabek Ahmedov (“Kogon”)
“Kogon” jamoasida o'tgan mavsum Sohib Narzullaev etakchilik qilgandi, bu yil esa bu vazifani “Pele” (Jo'rabek Ahmedovning laqabi) munosib tarzda uddalamoqda. Birinchi bosqichning so'nggi turida Ahmedov 8 ta to'p kiritdi.


Ilhom Rajabov (“Bunyodkor”)
O'tgan yilgi mavsumni “Paxtakor”da o'tkazgan va klub to'purari bo'lgan Ilhom Rajabov bu yil “Bunyodkor”da sermahsullik ko'rsatmoqda. Ilhom oldingi 3 turda 9ta to'p kiritgan edi, bu safar esa ana shu 9 to'pni bir turda raqiblar darvozasiga joylab qo'ydi.


Eldor Hoshimov (“Ardus”)
“Ardus”ning ikkinchi to'rtligida maydonga tushadigan Eldor Hoshimov bu turda 7 ta golga mualliflik qildi. O'yin jihatidan ham u o'sib borayotganini ko'rsatdi. Asosiy vazifasi himoyaga javob berish bo'lgan futzalchi uchun bir turda ettita gol juda yaxshi natija.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика