So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Futbol tarixidagi eng zo'r triolar Yangiliklar

Futbol tarixidagi eng zo'r triolar

Zamonaviy futbolda BBC va MSN triolari tinimsiz kurash olib bormoqda va bugun sizga futbol tarixidagi eng kuchli triolarnitaqdim etamiz.

10. Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi va Karlos Teves - CWC

"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi va Karlos Teves triosi bilan CHempionlar ligasida ikki marotaba finalgacha chiqa olgan. Bu uchlik kombinaciya, aql va hujumni yakunlash borasida Premer-liga tarixidagi eng yaxshi triolardan biri hisoblanadi. 


9. Samuel Eto'O, Lionel Messi va Terri Anri  - EMA

Messi, Anri va Eto'O Gvardiolaning "Barselona"dagi ilk mavsumida ajoyib o'yin ko'rsatgan. Bu uch hujumchi 2008/09 mavsumda 100dan ortiq gol urishga muvaffaq bo'lgan.


8. Ronaldo, Raul va Zinedin Zidan - RRZ

Bu buyuk uchlik 2000 yillar boshida "Real"da o'ynashgan. "Galaktikos"ning bu trioasi muxlislarning mehrini qozona olgan.


7. Dennis Bergkamp, Rober Pires va Terri Anri - BPA

Yangi ming yillikda bu uchlik eng sermahsul futbolchilar bo'lgan. Trio 2003/04 dagi "engilmas" mavsumda 50 ga yaqin golli kombinaciyalarda ishtirok etgan.


6. Frank Raykard, Marko van Basten va Rud Gullit - RBG

Gollandiyaliklar uchligi 1989/1990 mavsumda "Milan"ni Evropa Kubogi g'olibiga aylantira olgan. Ular "Milan" bilan ketma-ket 58 uchrashuvda mag'lub bo'lishmagan va 1988 yilda Gollandiya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida zafar quchishadi.


5. Karim Benzema, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu - BBC

Barcha davrlarning eng qimmat hujum uchligi shubhasiz daxshatli kuch hisoblanadi. Yulduzlar 2013/14 mavsumda 97 ta gol urib, "Real"ga "La Desima"ni (10ta CHempionlar ligasi Kubogi) taqdim etdi.


4. Alfredo Di Stefano, Fransisko Gento va Ferens Pushkash - AFF

Di Stefano, Gento va Pushkash 1950 yillarda "Real"ni jahonning eng buyuk klubiga aylantirgan. "Qirollik klubi" bu uchlik bilan barcha sovrinni qo'lga kiritadi, Gento esa 6 ta Evropa Kubogini qo'lga kiritgan yagona futbolchidir.


3. Bobbi CHarlton, Denis Lou va Jorj Best - BDG

"Old Trafford"ning "muqaddas uchligi" "Manchester Yunayted"ga ilk Evropa Kubogini taqdim etadi. Uchchala afsona ham "Oltin to'p" olishga muvaffaq bo'lgan.


2. Ronaldo, Rivaldo va Ronaldino - RRR

Uchta R Braziliya terma jamoasiga Yaponiyadagi jahon chempionatida (2002) g'olib bo'lishga yordam bergan. Bu trio Braziliyaning oltin avlodi edi va ular finalda Germaniya terma jamoasini mag'lub etib shon-sharafga erishishgan.


1. Lionel Messi, Luis Suares va Neymar - MSN

MSN 2015 yilda "Barselona" safida 137 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'sha yilda "Real"ning umumiy gollari soni 106 tani tashkil etdi.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика