So’nggi yangiliklar

09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  0 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  13 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  7 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  14 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3

"Futbol retro talqinda" (101-son) Yangiliklar

"Futbol retro talqinda" (101-son)

Ushbu ruknimizdan tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan fotosuratlar joy oladi.

Moziyga oid suratlar orqali o'zingizga tanish bo'lgan yoki yangi, qiziqarli voqeliklar, statistik ko'rsatkichlar, faktlar bilan tanishib borish imkoniyatiga egasiz. Bu uchun @retrofutbol_ca sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.

3 ta turli klub safida Angliya chempionati to'purari bo'lgan yagona ingliz futbolchisi Gari Lineker va Sokratesning kichik ukasi, "San-Paulu" yulduzi Rai. 1992 yil.

Amerika Kubogining 1991 yildagi eng kuchli o'yinchisi Gabriel Batistuta (Argentina terma jamoasi). 1994 yil.

SHveciya termasi. 1992 yil.

Tepa qatordagilar: Tomas Brolin, Patrik Andersson, Stefan Landberg, Roger Yung, Klas Ingesson, Tomas Ravelli

Pastki qatordagilar: Per Zetterberg, Roland Nilsson, Martin Dalin, Yan Eriksson, Yunas Tern

"Arsenal"ning shveciyalik yarim himoyachisi Sebastyan Larsson ("Arsenal"). 2005 yil.

"Arsenal" tirik afsonasi Terri Anri "Yuventus" tarkibida. Ushbu suratda eng ajablanarlisi – uning raqami.

1970-yillar "moda qiroli", 4 marta "Oltin to'p"ga davogarlik qilgan Yoxan Neskens "Barselona" safida.

Aka-uka Nevillar – Gari (MYU) va Fil ("Everton").

Yarim himoyachi Kristian Cige, hujumchilar Karsten Yanker va Oliver Birxoff. Germaniya terma jamoasi. 2002 yil.

1995 yil 6 sentyabr. 1996 yilgi Evropa chempionatiga saralash o'yini. Franciya – Ozarbayjon 10:0.

Franciyalik terma jamoasi uchrashuv oldidan.

Tik turganlar (chapdan o'ngga): Zinedin Zidan, Joslen Angloma, Marsel Desayi, Frank Lebyof, Bernar Lama

O'tirganlar: Vensan Geren, Reynald Pedros, Dide Desham, Yuriy Jorkaeff, Biksant Lizarazyu, Kristof Dyugarri

1978 yilda pediatriya bo'yicha diplom olgandan so'ng Sokrates "Korintians" tomonidan sotib olindi va "Santos" bilan o'yinda jamoada debyut qildi. "Korintians"da o'ynab yurgan kezlarida u Braziliyadagi harbiy tuzumga qarshi faol kurash olib borishi, sportni, yani futbolni eng oliy demokratik qadriyatlar sifatida o'rnak sifatida ko'rsatishi bilan mashhur edi. 

Sokrates Braziliyaning ikkinchi mashhur klubining ko'plab mutaxassislari va muxlislari tomonidan eng buyuk futbolchi sifatida tan olingan. Janubiy Amerikaning 1983 yildagi eng yaxshi futbolchisi Sokrates penaltilarni joyida turib tepish qobiliyati bilan ajralib turardi.

JCH-1958. "Quruq barg" uslubi asoschisi, ikki karra jahon chempioni, Didi nomi bilan tanilgan Valdir Pereyra va afsonaviy Raymon Kopa.

"Barselona" va "Dandi Yunayted" sardorlari UEFA Kubogi bahsi oldidan klub atributlarini o'zaro almashishmoqda. 1986/87 yilgi mavsum. SHotlandiyaliklar kataloniyaliklarni sensacion ravishda musobaqadan chiqarib yuborishgan.

"San-Paulu" Tokioda "Barselona"ga qarshi kechuvchi Qitalararo Kubogi bahsi oldidan. 1992 yil.

Tepa qatordagilar: Adilson, Zetti, Ronaldan, Vitor, Pintado, Ronaldo Luis, Tonino Serezo

Pastki qatordagilar: Myuller, Palinya, Kafu, Rai

O'yinda afsonaviy Tele Santana shogirdlari Raining dubli evaziga Kroyff yigitlarini 2:1 hisobida mag'lub qilishgan.

1996 yilgi CHempionlar Ligasi finalida "Yuventus" boshlang'ich tarkibi. 

"Yuve" penaltilar seriyasiga ko'ra "Ayaks"ni yutib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

Tik turganlar: Moreno Torrichelli, Antonio Konte, CHiro Ferrara, Fabricio Ravanelli, Anjelo Perucci

O'tirganlar: Paulu Souza, Janluka Pessotto, Dide Desham, Alessandro Del Pero, Janluka Vialli, Petro Verxovod

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Visente del Boske Evro-1980 da.

30 yildan so'ng u Ispaniyani bosh murabbiy sifatida JARdagi JCHga olib bordi.

Raul Gonsales va Franc Bekkenbauer "Bronza butsa"ni topshirish marosimida. 1999 yil.

Ispaniyalik hujumchi o'shanda La Liga doirasidagi 37 o'yinda qatnashib, 25 ta gol urgan. 

Yulduzli yo'lak

"Olimpiakos" – "Panatinaikos" qarama-qarshiligi: ikki yunon giganti o'rtasidagi klassik to'qnashuv.

Italiya Kubogi vice-chempioni, A Seriyada 3-o'rinni olgan "Fiorentina" hujum chizig'i vakillari – Gabriel Batistuta, Predrag Miyatovich va Abel Balbo.

"Lacio"ning janubiy amerikalik futbolchilari – Marselo Salas, Roberto Nestor Sensini, Diego Simeone va Xuan Sebastyan Veron Italiya Kubogi qo'lga kiritilganini bayram qilishmoqda.

Nostalgiya

Sifat

"Boka Xuniors" hujumchisi Diego Maradona. 1981 yil.

1996 yilgi Evropa chempionatining eng yaxshi o'yinchilari

FIFA simulyatoridagi "Milan". 2006 yil.

"Barselona"-2009

Bekxem va uning muxlislari :)

Bonus. Ikki afsona – Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov. 2014 yil.

Avvalgi 5 ta sonda:

"Pendolino", Ispaniyaning eng kuchli futbolchisi, JCH-1998 ramziy jamoasi (96-son)
Ispaniya termasi "oltin avlodi", yosh ovchi, legendometr (97-son)
"San-Siro" va uning atrofi, "Yuventus"da 2 mavsum o'tkazgan Zlatan (98-son)
2004 yilning eng  qimmat o'yinchilari, Maurisio Pochettino evolyuciyasi (99-son)
"Yuve" tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to'purar, EVROdan quruq qolgan Yugoslaviya (100-son)

G'oya muallifi: SHerzod Nurmatov

Instagram'dagi @retrofutbol_ca sahifasiga obuna bo'ling!

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика