"Fulxem" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
25 okt 2023 11:01
Yangiliklar
"Fulxem" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
U Saudiya Arabistoni variantini rad etgani uchun rag'batlantirildi.
Marku Silva "Fulxem" bilan 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar berdi klub rasmiy sayti. Bu voqea "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) yuz berdi. Umuman olganda, Marku Silvaning "Fulxem"dagi natijalari chakki emas.
Portugaliyalik 2021 yilning yozida "dachaliklar" boshqaruviga kelgan va birinchi mavsumida ularni APLga qaytargan, keyin esa elitada saqlab qolgandi. Portugaliyalik mutaxassis o'tgan yozda Saudiya Arabistoni ligasidan tushgan takliflarni rad etgandi. Silvaga katta maosh taklif qilishdi – ikki yilga 40 million funt.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar