Franciyada PSJ stadionining VIP lojalariga kirish ruxsatnomasini noqonuniy sotishda gumonlanib, 5 kishi qo'lga olindi. Ruxsatnomlar narxi 1500 evrogacha etgan
14 may 18:06
Yangiliklar
Franciyada PSJ stadionining VIP lojalariga kirish ruxsatnomasini noqonuniy sotishda gumonlanib, 5 kishi qo'lga olindi. Ruxsatnomlar narxi 1500 evrogacha etgan
RMC Sport’ning Paris-Match’ga tayanib xabar berishicha, 32 yoshdan 51 yoshgacha bo'lgan 5 kishi PSJning uy stadionidagi alohida lojalarga kirish imkonini beruvchi bog'ichlarni noqonuniy sotish bilan bog'liq ravishda hibsga olingan. Eng ommabop o'yinlar kunlari bu ruxsatnomalar 1500 evrogacha narxda sotilgan.
Takidlanishicha, PSJ xavfsizlik xizmati mart oyida firibgarlik va ishonchni suiistemol qilish bo'yicha shikoyat bildirgan, shundan so'ng tergov boshlangan.
Gumonlanib qo'lga olinganlar Chempionlar Ligasi 1/4 finalida "Aston Villa"ga qarshi o'yin vaqtida ushlangan bo'lishi mumkin. Ushlanganlar orasida Haussmann VIP lojasining qo'riqchisi va VIP tribunaga abonement egasi bor. Barcha gumonlanuvchilarga sud jarayoni tugaguniga qadar stadionga tashrif buyurish taqiqlangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar