Franciya futbol federaciyasi prezidenti: "Mbappening PSJda qolishini xohlayman. Parijda "Oltin to'p"ni olishga imkoniyat ko'p"
23 mar 2022 17:16
Yangiliklar
Franciya futbol federaciyasi prezidenti: "Mbappening PSJda qolishini xohlayman. Parijda "Oltin to'p"ni olishga imkoniyat ko'p"
Franciya futbol federaciyasi prezidenti Noel Le Gre PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi haqida gapirdi.
"Mbappening PSJda qolishini xohlayman. U ketganidan ko'ra Parijda "Oltin to'p"ni olish imkoniyati ko'proq.
Klubni o'zgartirsang, doim yangi muhitga ko'nikishga to'g'ri keladi. PSJda hozirda yomon seriya ketmoqda, ammo u buyuk klub bo'lib qoladi", - deydi u.
23 yoshli francuz joriy mavsum PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 17ta assist qayd etdi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar