So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Fotomaqola: Retro. "Paxtakor" - "Qayrat" 4:4 Yangiliklar

Fotomaqola: Retro. "Paxtakor" - "Qayrat" 4:4

Bugun o'zbek futboli yulduzlari "JAR" stadionida jam bo'ldilar.

Igor SHkvirinni inobatga olmaganda deyarli barcha yulduzlarimiz ishtirok etgan shou uchrashuv Birodar Abduraimovni 70 yoshiga ulanib ketdi. Birodar Hasanovich o'yinni boshlab berib, sardorlik bog'ichini to'ng'ich o'g'li Azamat Abduraimovga topshirdi.



Tepa (chapdan o'ngga): Aleksey Roshin, No'mon Hasanov, Sobir Hodiev, Yorqin Nazarov, Grigoriy Ceytlin (murabbiy), Oybek Usmonxo'jaev, Ulug'bek Ro'zimov, Baxtiyor Ashurmatov, Ilhom Mo'minjonov, Anvar Rashidov
Past (chapdan o'ngga): Rustam Do'rmonov, Ravshan Bozorov, Andrey Miklyaev, Azamat Abduraimov, SHuhrat Raxmonqulov, To'lagan Isoqov, Birodar Abduraimov, SHuhrat Maqsudov.



O'zbek futboli tarixi haqida katta kitob yozayotgan Vladimir Safarov, "CA" muxbiri Kamoliddin Alimovga "Paxtakor" - "Qayrat" qarama qarshiligi haqida gapirib beryapti. Bunday insonlarning suhbatini olsang, huddiki tarixga sho'ng'iysan.



Kamdan-kam hollarda super futbolchining farzandi ham zo'r futbolchi bo'ladi. Birodar Abduraimov haqiqatdan ham SUPER atamasiga mos. Azamat Abduraimov esa unga munosib izdosh bo'la olgan.



Birinchi bo'limda darvozamiz to'rini Anvar Rashidov qo'riqladi. Unga shouda hisoblar durang bo'lishi kerakligini aytishmagan ko'rinadi, ikkita vaziyatda jamoasining muqarrar gollardan saqlab qoldi. Ikkinchi bo'limda Aleksey Roshin mahsus vazifa bilan maydonga tushdi va o'z darvozasidan to'rt marotaba gol o'tkazib yubordi.



Mirjalol Qosimov... SHu suratni ko'rib etlaringiz jimirlab ketdimi? Uning jarima zarbalarini eslaysizmi? Ex yoshlar, TVda ko'rsatmaydida, ko'rardingiz qanday gollar urilganini.



Oltin avlodning munosib davomchisi. Sardorlik Baxtiyor Ashurmatovning qonida bo'lgan. Murabbiy sifatida ham buni uddasidan chiqyapti. Bosh bilan o'ynashda tengsiz himoyachi.



Qozog'istonlik do'stlarimiz Birodar Hasanovichni 70 yoshi bilan qutlayaptilar.




Kim kuchli, Messi yoki Ronaldu? Agar yoshlarimiz Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov oldida ular bolacha ekanligini bilganlarida edi. Ayniqsa Birodar Hasanovichning bir finti bo'lgan. Bu fintni manaman degan Evropa futbolchisi ishlata olmaydi, unaqasini ko'rmagansiz. 2013 yili ozarbayjonlik faxriylar kelgan yili shu fintni ko'rganman. O'sha fintdan keyin stadion bir lahza jim turib, keyin qarsak chalib yuborgan edi.



Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика