So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Fotomaqola: "Buxoro" - "Paxtakor" 0:0 Yangiliklar

Fotomaqola: "Buxoro" - "Paxtakor" 0:0

Kecha Edgar Gess shogirdlari "Paxtakor"ga qarshi ajoyib himoyalangan holda, muhim bir ochkoni qo'lga kiritdilar.
Mazkur uchrashuvdan avval "Paxtakor"ga oson bo'lmasligi aniq edi. Gessning har bir jamoasi etakchilarga qarshi qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi. Yodingizda bo'lsa ikki tur avval Buxoroda "Bunyodkor" ham ochko yo'qotgan edi.




Eski tanishlar. Baxriddin Voxobovni juda xush chaqchaq inson deb bilaman. Andrey Akopyanc esa o'zbek futbolining tirik afsonalaridan biri. "Paxtakor"dagi o'yinlarini eslaysizmi? Oooo, qanday kirib borar edi qanotdan. Uni ortida Nikolay SHirshov. Hozirgi "Paxtakor"ga shunday o'yinchi yo'q.




Edgar Gess hurmatga loyiq mutaxassis. Mag'lubiyatni hakamlarga to'nkamaydigan kamdan kam murabbiylarimizdan biri. Ammo juda ham qattiqqo'l. Undakasi O'zbekistonda yo'q. "Paxtakor" bilan bo'lib o'tgan o'yin kuni ham erta tongda jamoa mashg'ulot o'tkazgan. Ammo bu mashg'ulotlar o'yinchilarga "nagruzka" berishi mumkin. Boisi, bizning jamoalarimizning vitaminlari talabga javob bermaydi. Yani shakar choydan tashqari boshqa mahsulot istemol qilinmaydi. O'yindan keyin ko'plab futbolchilar mashg'ulotlar og'ir kechayotganligi, ikkinchi mashg'ulotga tetik holatda kelishmayotganligini aytishdi. Bu murabbiyning emas, klubning muammosi. Murabbiydan natijani talab qiladigan jamoa, murabbiy istagan dori darmonlarni etkazib berishi kerak.



O'yinda hakamga ikki tomondan ham etiroz bo'ldi. 82-daqiqada jarima maydonchasi ichida Krimecga nisbatan ishlatilgan qo'pollik beetibr qoldirildi. Aslida bu erda 100% penalti bor edi. 90+3 - daqiqada esa "Buxoro"ning ikki nafar futbolchisi qarshi hujumga o'tgan edi. Qanot hakami esa o'yindan tashqari holatni ko'rsatdi. Aslida hujumchilardan biri o'yindan tashqari holatda emas edi.


Foto: Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика