So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  3 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  8 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  5 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  7 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  2 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2

Fotofakt. Qarshilik muxlis Ro'ziqul Berdievni afsonaviy murabbiyga o'xshatdi Yangiliklar

Fotofakt. Qarshilik muxlis Ro'ziqul Berdievni afsonaviy murabbiyga o'xshatdi

Kecha O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinda "Nasaf" 1:0 hisobida g'alaba qozonib, Kubokning yarim finaliga yo'l oldi. Bilasiz, oxirgi paytlarda qarshiliklar bosh murabbiyi atrofida ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev diskvalifikaciya sabab kechagi bahsni texnik hududda kuzata olmadi. 

Kechagi o'yindan oldin va uchrashuv davomida ko'pchilik muxlislar jo'r bo'lib Berdievni qo'llab-quvvatlovchi so'zlar aytishdi. Bundan ishqibozlar murabbiyni qanchalik hurmat qilishini tezda tushunib olsa bo'ladi. 

Hatto muxlislardan biri Ro'ziqul Berdievni afsonaviy murabbiy Ser Aleks Fergyusonga qiyoslab banner ko'tardi. Bannerda Beriev va Fergyuson surati yonma-yon qo'yilgan bo'lib, har ikkala ikkala mutaxassisga "Ser" etirofi berilgan. Qolaversa, Berdievga nisbatan "Yagona, tengsiz murabbiy" deyilgan. 


Yaxshi bilasiz, shotlandiyalik murabbiy Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"dagi faoliyati orqali "Ser" unvoniga sazovor bo'lgan. Bizda bunday unvon yo'q, ammo hukumat rahbari tomonidan beriladigan "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy" unvonini Ro'ziqul Berdiev qabul qilib olgan. 

Malumot uchun, Ser Aleks Fergyuson 1986-2013 yillar oralig'ida MYUni boshqarib, 13 bor chempionlikni nishonlagan. SHuningdek, 5 marta Angliya Kubogi, 10 marta Angliya Superkubogi, 2 bor Evropa chempionlar Ligasi, bir martadan UEFA Superkubogi, Klublar o'rtasidagi jahon chempioni va boshqa turli sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Ro'ziqul Berdiev esa "Nasaf"dagi 10 yillik faoliyati mobaynida 4 bor O'zbekiston chempionati bronza medallarga sazovor chiqqan, bundan tashqari, 2 bor kumush medal, 2 bor O'zbekiston Kubogi va 1 marta Superkubokni qo'lga kiritgan. Ro'ziqul Berdiev 5 marta O'zbekistonning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan. 

Berdiev hisobida faqat chempionlik medali yo'q, xolos. Lekin "Nasaf" bu mavsum chempion bo'lishga juda yaqin turibdi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика