So’nggi yangiliklar

15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23

FOTO MAQOLA: "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 0:0 Yangiliklar

FOTO MAQOLA: "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 0:0

Qo'qondagi stadionda bo'lib o'tgan o'yindan tushirgan suratlarimizni tomosha qiling.
Nima uchun kech deysizmi? Gazetalar tezroq o'z sahifalarini bosib chiqarishlarini kutib, atayin rasmlarni saytga joylamay turgan edik. Haq berish tugur, manbani ham qirqib tashlaydigan shovvoz gazetalarimiz bor.



Stadiondagi muxlislar qani deysizmi? Ooooo, nimasini aytasiz... Bunday muxlislarni alohida galereya qilib qo'ymasam o'zimni keyin kechira olmas edim. Biroz kutasiz, ikki soat o'tmay yana bir galereya.




Aziz To'xtaboev ham "doda" rasmga tushib qo'ydi. Krimecga "korpus" qo'yaman deb uchib ketishiga sabab bo'ldi. Bu o'yinchini ko'pchilik taniydi. Aziz 2007 yil "Quruvchi"ning (hozirgi "Bunyodkor") g'alabali seriyasiga nuqta qo'ygan edi. Oliy liganing to'rtinchi turida "Traktor" safarda "Quruvchi"ni 1:0 hisobda mag'lubiyatga uchratgan edi.




Maruf Zokirjonov (#15) "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumni "Qo'qon-1912"da boshlagan himoyachi o'zining sobiq jamoasiga qarshi to'p tepyapti. O'yini chakki emas. U "Paxtakor"da Iskanderov, Kozak va Sergeev kabi futbolchilar bilan bir sinfda tahsil olgan.




Aziz Ashurov 2005 yil oliy ligada o'z debyutini nishonlagan. Qo'qonlik darvozabonning debyuti, o'sha yillari ancha kuchli bo'lgan "Neftchi" jamoasiga qarshi kechgan. 5 avgust kuni Farg'onada bo'lib o'tgan o'yinda 2:1 hisobida maydon egalari g'alaba qozongan. Vadim Abaramov tomonidan avvaliga asosiy tarkibga, keyin olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan posbonga nima uchundir oliy liga jamoalarimiz ishonch bildirmaydilar.



90+1 - daqiqa. Maydonda kichik tanaffus. 0:0 hisobi maydon egalari uchun ayni muddao. Qo'qonda haqiqiy bayram.

Qo'qon kundaligini davomini ham birozdan keyin saytimizda o'qiysiz.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика