Forvard Fabio Kvalyarella faoliyatini "Sampdoriya"da davom ettirishni xohlaydi
12 may 2022 11:24
Yangiliklar
Forvard Fabio Kvalyarella faoliyatini "Sampdoriya"da davom ettirishni xohlaydi
"Sampdoriya" hujumchisi Fabio Kvalyarella yaqin vaqtlarda italyan klubidan ketishni rejalashtirmayapti, futbolchi yangi shartnoma borasida taklif kutmoqda.
Bu haqda uning agenti Juzeppe Bocco xabar bermoqda.
"Fabio 39 yoshda va hali ham "Sampdoriya"da o'ynash ishtiyoqiga to'la. U klubga juda ham bog'liq", - deydi Bocco.
Futbolchi "Sampdoriya"da 2005 yildan beri o'ynaydi. Kvalyarella joriy mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar