"Fiorentina" Pyontekni "Gerta"dan 15 million evroga xarid qilishga tayyor emas
24 mar 2022 14:17
Yangiliklar
"Fiorentina" Pyontekni "Gerta"dan 15 million evroga xarid qilishga tayyor emas
"Fiorentina" ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Kshishtof Pyontekning kelajagi borasida bir qarorga kelmadi.
Italiya klubi o'yinchini "Gerta"dan 15 million evro evaziga xarid qilishi mumkin, ammo klub bunday mablag' sarflashga tayyor emas.
26 yoshli polyakning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.
Pyontek "Fiorentina" tarkibida A Seriya doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Gerta"ga "Milan"dan 2020 yilda 25 million evro evaziga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar