So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

FIFA Kengashi yig'ilishida muhim qarorlar qabul qilindi Yangiliklar

FIFA Kengashi yig'ilishida muhim qarorlar qabul qilindi

Kecha, 7 mart kuni AQSHda FIFA Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Alisher Nikimbaevning yozishicha, ushbu yig'ilishda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.


2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon kubogining umumiy fondi 1 milliard dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, turnirdan tushgan daromadning bir qismi dunyoda futbolni rivojlantirishga yo'naltiriladi.

2031 yilgi ayollar Jahon kubogini o'tkazish uchun AFK (Afrika futbol konfederaciyasi) va KONKAKAF tarkibiga kiruvchi futbol federaciyalari, 2035 yilgi turnir uchun esa AFK va UEFA vakillari ariza topshirishlari mumkin.

Ayollar o'rtasidagi birinchi klublar Jahon chempionati 2028 yilda bo'lib o'tadi. OFK unda ikkita to'g'ridan-to'g'ri va pley-offga bitta yo'llanma oladi. Turnir har to'rt yilda bir marta o'tkaziladi.

Ayollar o'rtasidagi klublar Jahon chempionati taqvimda bo'lmagan yillarda FIFA qita klub turnirlari g'oliblari uchun Chempionlar kubogini o'tkazadi.

Yangi Qitalararo Kubogi o'yinlarining sanalari tasdiqlandi: Amerikalar derbisi 10 dekabrda, Davogarlar kubogi 13 dekabrda, Qitalararo Kubogi finali esa 17 dekabrda bo'lib o'tadi.
Rasmiy xabarda bu o'yinlarning o'tkazilish joyi ko'rsatilmagan, lekin bolaligimizdagi bir qo'shiqda aytilganidek, "biz bilamiz". Qitalararo Kubogi ikkinchi marta Dohada o'tkaziladi. Shunday ekan, 31 mayda UEFA Chempionlar ligasi finalida kim g'olib bo'lishini kutamiz va shunga qarab "Liverpul", "Barselona", "Bavariya" yoki boshqa jamoa muxlislarini kutib olishga tayyorlanamiz.


FIFAning boshqa turnirlarining sanalari ham tasdiqlandi. Masalan, 17 yoshli o'g'il bolalar o'rtasidagi Jahon chempionati rejalashtirilganidan ikki kun ertaroq — 3 noyabrda boshlanadi. Bu turnir formatining o'zgarishi bilan bog'liq. Dastlab guruh bosqichidan so'ng darhol 1/8 final bo'lishi, yani 12 ta guruhdan faqat 16 ta jamoa chiqishi rejalashtirilgan edi. Endi esa 1/16 final joriy etilishiga qaror qilindi, yani guruhlardan 32 ta jamoa keyingi bosqichga o'tadi.
Arab kubogining ikkinchi musobaqasi 1—18 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика