So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Fevzi Davletov: "Paxtakor" biz kutganday o'ynadi, barcha rejalarimiz ish berdi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Paxtakor" biz kutganday o'ynadi, barcha rejalarimiz ish berdi"

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliga 8-tur doirasidagi "Paxtakor" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Bo'lim bo'lim taktik jihatdan o'tdi. "Paxtakor" vertikal va uzun uzatmalar orqali o'ynashini bilardik. Bunga qarshi tura oldik. Tanaffusda esa vaziyatlar bo'lishini aytgandik va gol urish kerakligini takidlagandik. Yarimta vaziyatdan ham foydalanib ketganimiz yaxshi bo'ldi. To'p o'tkazib yuborganimiz esa yoqmadi, shunday vaziyatlarda va to'pni egallash chog'ida oxirigacha o'ynamayapmiz. Bundan tashqari, zaxiradan o'yinga qo'shilganlar yaxshi o'ynay olishmadi. Umuman olganda, yigitlarni tabriklayman, shuningdek muxlislarimiz ham tabriklash uchun kelishdi.


— 22 yildan so'ng Termizda g'alaba qozonganimizning o'zi bilan tarix bo'ldi, buning uchun rahmat. So'nggi o'yinlarni kuzatadigan bo'lsak, "Surxon"da faqatgina chap qanot ishlayapti. Doston Tursunov umuman o'yinni nazorat qilmoqda. Asilbek Jumaev va Sunnatillo Hamidjonov faqatgina o'ng qanotga uzatmalarni amalga oshirmoqda. Negadir o'ng qanotimiz zaif, buning sababi nimada?

— Ha, "Mashal"ga qarshi o'yinda ham o'ng qanotda faollik etishmagandi. Yigitlar bunday o'yinga to'liq borlarini berishlari kerakligini tushunishlari kerak. Har ikki qanotda ham ustunlik bo'lishi kerak. Sunnatulloh Hamidjonov va Sunnatilla Poyonovda qandaydi qo'rquv yoki diskomfort bormi, bilmadim. Hujumda ko'proq faollik kerak.

— Bugungi o'yindan oldin Kubok bahsida rotaciya qilgandingiz va buni "Paxtakor" bilan o'yinga etiboringizni qaratishingiz bilan izohlagandingiz. Bugungi o'yinda "Paxtakor"dan nima kutgandingiz?

— Bugun ko'rganlarimni kutgandim, boshqacha o'yin yo'q. Ularning Termizga kelishidan biroz xavotir bor edi, ammo biz jamoaviy harakat qilib, ajoyib o'ynadik. O'yindan oldingi rejalarimiz amalga oshdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика