So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   5 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Fevzi Davletov: "O'yinga tuzgan rejamiz ish berdi, ammo biroz realizaciya etishmadi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "O'yinga tuzgan rejamiz ish berdi, ammo biroz realizaciya etishmadi"

Superliga 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istadi. O'yinga kirishib ketishimiz biroz qiyin kechdi. Ayniqsa himoyada xatolarga yo'l qo'ydik. Shu sababli, "Neftchi" vaziyatlarga ega bo'ldi. O'zimiz ham vaziyatlar yaratdik. Ulardan foydalanishimiz kerak edi, xolos. O'yin ko'proq pozicion bo'ldi. Ikkinchi bo'limda hujumchimizning oyog'ini yirtib yuborishdi. O'sha vaziyatni takroran ko'rib chiqish kerak edi, nazarimda. O'yinga tuzgan rejamiz ish berdi, ammo biroz realizaciya etishmadi", - dedi Fevzi Davletov bugungi bahs yakunlangach.


- "Surxon" jamoasi yaxshi o'yin namoyish etdi. "Surxon" jamoasi nega ikkita hujumchi bilan o'ynamayapti?

- Hozirgi kunda yaxshi sport formasida bo'lib turgan birgina hujumchimiz bor. Haydarov biroz o'yindan tushib qolmoqda. U terma jamoaga ketayotgani uchun, o'z klubida etarlicha o'yin namoyish eta olmayapti. Shu sababli, ikkinchi hujumchimiz yo'q. Abdurahmonov juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Haydarov bizning talablarimizga javob berishi kerak. Haydarov optimal sport formasiga qayta olsa, biz ikkita hujumchi bilan o'ynashni boshlaymiz.

- "Surxon" keyingi turda G'uzorga safar uyushtiradi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik rejasi qanday?

- Har bir o'yinga tayyorgarlik olib boramiz. Bizda bir haftalik tayyorgarlik rejasi bor. Hozir tiklanib olishimiz kerak. "Sho'rtan" kecha OKMK bilan durang o'ynadi. Safarda "Sho'rtan"ga va OKMKga qarshi ikkita jiddiy o'yin kutib turibdi. Har bir uchrashuvda jiddiy tayyorgarlik qo'ramiz. Eng muhimi futbolchilarni tiklab olishimiz kerak.

- Hujumchi jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning jarohati qanchalik jiddiy?

- Tez yordam xizmati unga yordam ko'rsatdi. Bir yoki ikki soatdan so'ng qanday tashxis qo'yilganini bilib olamiz. Bu esa Haydarovga yaxshi imkoniyat.

- O'ng qanotda muammolar bordek. Ushbu muammolarga echim qidirilmoqdami? Poyonov deyarli oldinga o'tmayapti.

- Abdusalomov sport formasini tiklamoqda. Doston Tursunovni ham kerakli pallada o'ng qanotda o'ynata olamiz. Jumaev ham o'ynay oladi. Rejalarimiz bor. O'ng qanotimiz aktivroq bo'lishi kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика