So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  22 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  26 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

Fevzi Davletov: "Afsuski, yo'l qo'ygan ikkitagina xatomiz tufayli mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Afsuski, yo'l qo'ygan ikkitagina xatomiz tufayli mag'lub bo'ldik"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda himoyada pozicion xatolarga yo'l qo'ydik va vaziyatlarning birida gol o'tkazib yubordik. Goldan so'ng jamoa o'ziga kelib oldi va o'yinni nazorat qila boshladi. Vaziyatlar bor, ammo har doimgidek realizaciya masalasi. Darvoza tomon to'g'ri zarba bera olmayapmiz. Etarlicha imkoniyatlar yarata oldik, ammo..." - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov bahs yakunlangach.

- "Surxon" - "Mashal" o'yinida ham himoyada kamchiliklar kuzatilgandi. Bugungi ham shunday xatolar ro'y berdi. Himoyachilarimiz xatolarga yo'l qo'yishiga qaramay, o'zgarishlar bo'layotgani yo'q. Bunga sabab nima?

- Biz rotaciya qilyapmiz. Keyingi uchrashuvni kuchli "Paxtakor"ga qarshi o'tkazamiz. So'nggi ikki hafta ichida beshta uchrashuvda ishtirok etdik. Siz aytayotgan ikkita xato markaziy himoyachilarimizning bir-birini tushunishida muammolar borligini ko'rsatib berdi. Nemathonov kutilmaganda tarkibdan tushib qolgani ham o'z so'zini aytdi.

- Hujumlarda so'nggi nuqta qo'yish bo'yicha muammolar bo'lmoqda. Mashg'ulotlarda ushbu jihat ustida ishlanmoqdami?

- Albatta. Ushbu vaziyatda ko'p narsa futbolchining mahoratiga ham bog'liq.

- "Surxon" keyingi davra uchun hujumchi xarid qiladimi?

- Hozir kelajak haqida o'ylash biroz noto'g'ri. Endi faqatgina "Paxtakor" haqida o'ylashimiz kerak. Jamoada muammolar bor va kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda, ammo ularga izoh bera olmayman. Oldimizda "Lochin"ga qarshi yana bir o'yinimiz bor. "Lochin" jamoasini mag'lub etishimiz va keyingi bosqichga chiqishimiz kerak.

- "Surxon" bugun ochiq va chiroyli o'yin namoyish etdi. Ko'rinib turibdiki "Paxtakor"ga qarshi o'ynash uchun bir nechta futbolchilar zaxirada qoldirildi. Bugungi rotaciya o'zini oqladi deb hisoblasak bo'ladi. Superliga doirasida ham shunday rotaciyalar kuzatilishi mumkinmi?

- "Mashal"ga qarshi o'yinda ko'p kuch yo'qotdik. Ustiga-ustak "Dinamo"ning so'nggi o'yini bekor qilindi. Rotaciya bo'lishi aniq edi. Afsuski, yo'l qo'ygan ikkitagina xatomiz tufayli mag'lub bo'ldik.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика