Fergyuson: "Ronaldu "Real"da o'ynashni orzu qilgan. Bu yildan-yilga jahon darajasidagi futbolchilar paydo bo'ladigan yagona klub"
27 sen 2021 09:01
Yangiliklar
Fergyuson: "Ronaldu "Real"da o'ynashni orzu qilgan. Bu yildan-yilga jahon darajasidagi futbolchilar paydo bo'ladigan yagona klub"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson hujumchi Krishtianu Ronalduni 2009 yilda "Real"ga qo'yib yuborish qarori haqida gapirdi.
"Ronaldu "Real"da o'ynashni orzu qildi. Bunga qarshi bo'lmadim. Madeyralik yigit bizga hali 18 yoshga kirmasidanoq qo'shilgan va ajoyib olti yilni o'tkazgan edi.
Bu davr biz uchun ajoyib o'tdi va menda uni almashtirish imkoniyati bo'ldi. Biz Antonio Valensiyani oldik, u ajoyib edi, shunday ekan bu borada omadimiz keldi.
Men Krishtianu shunchalik yaxshi bo'lishini bilardim. So'zsiz buni tushungan edim. "Real" yildan-yilga jahon darajasidagi o'yinchilar paydo bo'ladigan yagona klub. Bu jamoa muntazam ravishda CHempionlar Ligasini yutgan, 13 bor yoki shu atrofda.
Biz ularga hurmat ko'rsatishimiz kerak - bu har qanday futbolchi o'tishni orzu qiladigan klub", - deydi Fergyuson.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди
Fikrlar