Ferdinand: “Real"ga yo'l olishidan oldin uni MYUga o'tishga ko'ndirgandim, ammo ...”
18 dek 2022 09:00
Yangiliklar
Ferdinand: “Real"ga yo'l olishidan oldin uni MYUga o'tishga ko'ndirgandim, ammo ...”
“U bilan Madridga o'tishidan oldin gaplashgandim. Doimo har qanday futbolchini o'zimizga jalb qilolaman deb o'ylagandim. Unga: “Eshit, MYUga o'tishing lozim”, dedim. U esa: “Ha, “Yunayted”dagi birinchi xorvatiyalik futbolchi bo'lishni xohlayman. Buni hal qila olasanmi?”, deb javob qaytardi.
Ammo Fergyuson o'shanda boshqa qaysidir o'yinchi bilan kelishib qo'ygandi, shu tufayli Modrich “Real”ga yo'l oldi, qolgani esa tarixga aylandi. Ammo men u erishgan cho'qqiga chiqadi deb hech o'ylamagandim! Qanday ajoyib futbolchi!
SHu bilan birga Tyago Alkantarani ham ko'ndirmoqchi bo'lganman, u bilan “Barselona”dan “Bavariya”ga o'tishidan oldin ko'rishgandim. Bu deyarli amalga oshgandi, lekin biz Fellaini bilan shartnoma imzoladik”, deydi Ferdinand.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar