So’nggi yangiliklar

00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  4 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  10 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

"Fenerbaxche" Turkiya Superkubogida yoshlar jamoasi bilan qatnashadi va... maydonga 9 kishi bo'lib tushmoqchi Yangiliklar

"Fenerbaxche" Turkiya Superkubogida yoshlar jamoasi bilan qatnashadi va... maydonga 9 kishi bo'lib tushmoqchi

Bundan tashqari, klub prezidenti o'rinbosari uchrashuv 90 daqiqa davom etmasligini aytdi.

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi prezidenti o'rinbosari Erol Bilejik "Adana Demirspor"ga qarshi o'yin oldidan bayonot bilan chiqdi. Bilejik jamoaning 7 aprel kuni Turkiya Superkubogi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi bahsda ishtirok etishini malum qildi. Biroq u bellashuvda asosiy jamoa emas, balki "Fenerbaxche"ning U19 jamoasi maydonga tushishini takidladi.

Futbol musobaqasi qoidalariga ko'ra, jamoa o'yinni maydonda kamida 9 nafar o'yinchi bilan boshlashi kerak. O'yin davomida kamida 7 nafar futbolchi ishtirokida o'yin davom etishi mumkin. Agar jamoa tarkibida 6 kishi qolsa, o'yin hakam tomonidan to'xtatiladi.

Klub rahbariyatining malum qilishicha, jamoa 90 daqiqa o'yin o'tkazmoqchi emas. Ular qoidalarga binoan 9 kishi bo'lib maydonga tushmoqchi hamda 6 futbolchi qolgunga qadar harakat qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Fenerbaxche" safarda "Trabzonspor" ustidan g'alaba qozongach (3:2), mezbon jamoa muxlislari maydonga tushib ketishdi va g'alabani maydon markazida nishonlayotgan futbolchilarga tashlanishgandi. Natijada, klub Turkiya chempionatidan chiqib ketishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика