So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  1 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  15 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

Feliks Sanches: "Paxtakor" hozirgi kunda o'ziga xos bo'lmagan natijalar qayd etmoqda" Yangiliklar

Feliks Sanches: "Paxtakor" hozirgi kunda o'ziga xos bo'lmagan natijalar qayd etmoqda"

Elit OCHL 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" bahsidan oldin, mehmonlar bosh murabbiyi Feliks Sanches va futbolchi Abdusamad Bunasser matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- So'nggi turni o'tkazish uchun bu erga etib keldik. Pley-off masalasini oldindan hal etib qo'yganmiz. Bunday bahslar futbolchilar o'zini namoyish etishlari va ko'proq o'yin amaliyotiga bo'lishlari uchun ajoyib imkoniyat. Ob-havoga ko'nikib ketish uchun bizga biroz vaqt kerak bo'ladi. "Paxtakor" hozirgi kunda o'ziga xos bo'lmagan natijalarni qayd etmoqda, lekin shunga qaramay jamoa yaxshi himoyalanmoqda va o'z darvozasidan juda kam gol o'tkazib yuborgan. Shu sababli raqibimiz ertaga g'alaba qozonishga harakat qiladi. Biz bunga tayyormiz va ertaga yaxshi natija qayd etishga intilamiz.

Abdusamad Bunasser

- "Paxtakor"ga ertaga g'alaba kerak. Ertaga qiyin o'yin bo'ladi. Biz esa keyingi bosqichga chiqib bo'lganmiz.

- Janob bosh murabbiy, siz hozirgina "Paxtakor"ning tartibli himoya chizig'i haqida gapirib o'tdingiz. Shuningdek, "Paxtakor" Elit OCHLda eng kam urgan jamoa hisoblanadi, ertangi raqibingiz 7ta uchrashuvda bor-yo'g'i ikki marotaba raqib darvozasiga yo'l topa olgan. Raqib jamoaning hujum chizig'i kuchsiz emasmi? Bu jihat sizlarga qanchalik qo'l kelishi mumkin?

- Mening fikrimcha, OCHL mintaqamizdagi eng qiyin musobaqalardan biri. Bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar yaratilmasligi mumkin. Har bir raqibni mag'lub etish qiyin. Biz ertaga o'z o'yinimizni namoyish etishga qilamiz. Bilamizki, "Paxtakor" jamoasi yaqinda yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi. Yangi mutaxassis esa jamoani yangilamoqda. "Paxtakor"ga qarshi o'ynayotganimiz bizga foydali bo'ladi, bunday musobaqalarda raqibni tanlay olmaysiz. Qaysi raqib bilan duch kelsangiz, uning o'yin uslubidan kelib chiqib unga qarshilik ko'rsatish kerak bo'ladi.

- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlayotganini aytib o'tdingiz. Shuningdek, jamoa o'z safiga 6-7 nafar yangi futbolchini qo'shib oldi. Hozirgi kungacha bor-yo'g'i bir dona rasmiy uchrashuvda ishtirok etgan "Paxtakor"ni o'rganib chiqish qanchalik qiyin bo'ldi? Bunday yangi jamoaga qarshi o'ynash qanchalik qiyin bo'lishi mumkin?

- Raqibni tahlil qilish tayyorgarlikning bir qismi. "Paxtakor"ni o'rganishimiz biroz boshqacha bo'ldi. Siz aytganingizdek, jamoa bir nechta yangi o'yinchilarni xarid qilgan. Yangi tarkib va yangi bosh murabbiyga biroz vaqt kerak. Raqib qanday holatda ekanligidan xabardormiz. Eng muhimi biz o'z o'yinimizga etibor qaratishimiz kerak va ko'proq o'z o'yinimiz sifatini yaxshilashimiz kerak. Qatar chempionatida ham bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Ko'pgina holatlarda bunday "yangi" jamoalarga qarshi o'ynashga majbur bo'lganmiz.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика