So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Federiko Valverde Aleks Baenaning yuziga urgani haqida: "Men haqimda nima desangiz deng, ammo oilam haqida gapirsangiz, bu - futbol emas" Yangiliklar

Federiko Valverde Aleks Baenaning yuziga urgani haqida: "Men haqimda nima desangiz deng, ammo oilam haqida gapirsangiz, bu - futbol emas"

Federiko Valverde "Vilyarreal" futbolchisi bilan bo'lgan janjal haqidagi savolga javob berdi.

Aleks Baena apreldagi bellashuv vaqtida "Real" xavbekining oilasi farzandini yo'qotishi mumkinligini aytib, Federikoning ustidan kulishga uringandi. Uchrashuvdan keyin urugvaylik o'sha gaplari uchun Aleksning yuziga zarba bergandi.

"Hamma gazetalardagi sarlavxalarni ko'rgan. Hamma voqeaning har ikki tomonidan xabardor. Men bu qo'rqinchli mavzuni yana ko'tarishni istamayman. Bu borada faqatgina bir narsa deya olaman....

O'yin vaqtida, maydonda, meni nima deb atasangiz ham farqi yo'q. Bu sizning xohishingiz, axir men urugvaylikman!

Ammo o'tib bo'lmaydigan chegaralar bo'ladi. Futbolchi sifatida emas, inson sifatida. Oilam haqida gapirsangiz – bu endi futbol emas.

O'sha kuni chegara buzib o'tilgandi. Men bunga munosabat bildirishim kerakmidi? Balki unday qilmasligim kerak bo'lgandir. Balki men uyimga ketishim va o'g'lim bilan burger, naggetslar eb va multfilm tomosha qilishim kerak bo'lgandir. Ammo men ham odamman va vaqti kelganda o'zingiz hamda oilangiz uchun turib berishingiz kerak bo'ladi.

OAV meni agressiv inson sifatida gavdalantirayotganini ko'rish juda og'ir edi. Ko'plab yolg'onlar aytildi va keyinchalik u gaplar isbotini topmadi. Lekin men qilgan ishimdan afsuslanmayman, sababi bu voqea meni shahs sifatida kuchliroq bo'lishim va oilamizni yanada jipslashishiga xizmat qildi", – dedi Valverde.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика