So’nggi yangiliklar

00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  0 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9

Fayzullaev: "RPLdagi bir jamoada ham suniy maydon bor, ammo uniki Turkmanistonnikidan ancha yaxshiroq" Yangiliklar

Fayzullaev: "RPLdagi bir jamoada ham suniy maydon bor, ammo uniki Turkmanistonnikidan ancha yaxshiroq"

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev bugun saytimizga kechagi Turkmaniston bilan o'yin va bo'lajak Eron bilan bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.

— Kechagi o'yin haqidagi fikrlaringiz? Adashmasam, faoliyatingizda bunday tajriba ilk bor bo'ldi.

— Avvalambor, butun o'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Juda muhim bo'lgan o'yinda g'alaba qozondik. Birinchi bahsda g'alaba qozonish muhim, sababi bu jamoaga ishonch beradi. Suniy maydonda o'ynash professional futbolchilar uchun juda qiyin, chunki u jarohat xavfini oshiradi. SHunga qaramasdan, kecha iroda ko'rsatib g'alaba qozondik va asosiysi uch ochko.


— Faoliyatingizni Rossiyada davom ettirmoqdasiz. U erda infratuzilma yaxshi bo'lishiga qaramay havo juda ham sovuq. Qishda o'ynash qiyin va maydonlarning holati ham yomonlashadi. Turkmanistondagi maydon bilan Rossiyaning qishida maydonda futbol o'ynashning farki bormi, qaysi biri qiyinroq?

— Hali Rossiyaning qishida o'ynab ko'rmadim (kuladi). U erda faqatgina "Orenburg"da suniy maydon bor, ammo uning holati kechagi Turkmanistonnikidan anchagina yaxshi va o'ynashga qulayroq.


— Keyingi bahs 5 kundan so'ng Eronga qarshi bo'lib o'tadi. O'yinga qanday tayyorgarlik ko'ryapsizlar?

— Kecha uchib keldik va bugun tiklanish jarayonini boshladik. Kuchni qaytarib olish kerak va shundan so'ng Eronga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz.


— Bilamizki, Eron gavdali himoyachilarga ega. Ularga qarshi qandaydir taktika ishlab chiqilyaptimi?

— Sekin-asta Eronga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz va o'yinlarni o'rganib chiqamiz. Bu borada jamoamiz murabbiyi ko'rsatmalarini beradi va shunga qarab taktika qo'llaymiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика