So’nggi yangiliklar

15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7

Fayziev va Levchenko debyutida durang. Farg'ona derbisidan qiziqarli 10ta fakt Yangiliklar

Fayziev va Levchenko debyutida durang. Farg'ona derbisidan qiziqarli 10ta fakt

Kecha Superliganing 14-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Turning markaziy uchrashuvi Qarshida "Nasaf" va "Navbahor" o'rtasida kechgan bo'lsa, Yaypanda "Qo'qon-1912" - "Neftchi" uchrashuvi yani Farg'ona derbisi bo'lib o'tdi. Quyida mazkur bahsga doir qiziqarli faktlarni keltirib o'tamiz.

 

Qo’qon-1912

Anvar Hojimirzaev - 55', Andrey Sidorov - 57', Shohnazar Norbekov - 86'

Superliga. 14-tur

02/08/2022, 19:00

3
:
3
Tugadi

Neftchi

Shahzod Ubaydullayev - 10', Lutfulla To’rayev - 76', Sunnatilla Abdullazhonov - 79'

45'
90'
23'  Ivan Yosovich
46'  Bilol Toshmirzaev (Anvar Hojimirzaev)
47'  Oybek Rustamov
52'  Avazxon Mamatxo’jaev (Andrey Sidorov)
55'  Anvar Hojimirzaev
57'  Andrey Sidorov
57'  Shohnazar Norbekov
86'  Shohnazar Norbekov
86'  Sanat Shixov
10'  Shahzod Ubaydullayev
13'  Lutfulla To’rayev
17'  Abbos G'ulomov
20'  Ulug'bek Hoshimov (Muhsin Ubaydullaev)
46'  Shahzod Ubaydullayev (Izzat Abdullaev)
46'  Oybek Qilichev (Abror Ismoilov)
61'  Andrey Mishchenko
76'  Lutfulla To’rayev
76'  Izzat Abdullaev
79'  Sunnatilla Abdullazhonov
79'  Izzat Abdullaev



1. Vitaliy Levchenko "Neftchi", Davron Fayziev "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi sifatida debyut qildi. 

2. Kechagi to'qnashuv jamoalarning Superligadagi o'zaro 30 uchrashuvi bo'ldi. Ustunlik "Neftchi" tomonida 20ta g'alaba. 

3. "Qo'qon-1912" va "Neftchi" o'rtasidagi uchrashuvda muxlislar 6ta gol guvoxi bo'lishdi. Bunday sermahsullik so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda qayd etilgan, o'shanda "Neftchi" raqibini 6:2 hisobida mag'lub etgandi. 

4. 3:3 hisobi o'zaro o'yinlarda ilk bor qayd etildi. 



5. Andrey Sidorov Superligada oxirgi marotaba 2021 yilning 27 noyabr kuni "Qo'qon-1912" tarkibida "Navbahor" darvozasiga yo'l topgan. Oradan 8 oy o'tib u yana "Qo'qon-1912" tarkibida gol urdi.

6. SHohnazar Norbekovdan bu yil ajoyib start. Hujumchi mavsumdagi ilk golini birinchi davraning birinchi turida AGMKga urgan edi. Endilikda qo'qonliklar safida ikkinchi davraning birinchi o'yinida "Neftchi"ga gol urdi.

7. Lutfulla To'raevning faoliyatidagi gollari soni 10tadan oshdi. U qo'qonliklar darvozasiga 11 golini urdi. 

8. "Neftchi" tarkibida maydondan Abbos G'ulomov chetlatildi. 2019 yilda Superligada debyut qilgan Abbos G'ulomov faoliyatidagi birinchi qizil kartochkani ishlab oldi. 


9. SHahzod Ubaydullaev bu yil "Qo'qon-1912"ga qarshi 2ta o'yinda ham gol urishga erishdi.  Hujumchi birinchi davrada "Qo'qon-1912"ga gol urib "Neftchi"ga ilk g'alabani taqdim qilgandi. 

10. Uchrashuvni 1 622 nafar tomoshabin stadiondan bevosita kuzatdi. 


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика