So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Farruh Sayfiev: “Derdiyok "Paxtakor"ga katta foyda keltirishiga ishonaman” Yangiliklar

Farruh Sayfiev: “Derdiyok "Paxtakor"ga katta foyda keltirishiga ishonaman”

O'tgan oy BAAda yangi mavsumga hozirlikni davom ettirgan “Paxtakor” klubi yurtimizga qaytib keldi.

Endilikda “sherlar” OCHL birinchi turiga taraddudni shu erda olib borishadi. Muhim uchrashuvlar oldidan etakchi futbolchi Farruh Sayfiev fikrlarini bildirib o'tdi.

“Birinchi yig'inni Toshkentda o'tkazdik. Bunda jismoniy holatimizni yaxshilashga urg'u berdik va tiklanish mashqlarini bajardik. Ikkinchi yig'inni esa BAAda olib bordik. Uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Uzoq tanaffusdan keyin o'yinimizni topib, uni yo'lga qo'yib olish muhim edi.

Yangi kelgan yulduz futbolchi Eren Derdiyok haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin. Tajribali futbolchi, jamoamizga yaxshigina yordami tegadi deb o'ylayman.

Joriy yildagi ilk rasmiy o'yinimizni 10 fevral kuni “SHabab Al Ahli” jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Dastlabki ikki turda o'z maydonimizda o'ynaymiz. Xudo xohlasa g'alaba qozonib suyuklilarimizga shodlik ulashamiz. Raqiblarimiz oddiy jamoalar emas. “Al Hilol” musobaqaning amaldagi g'olibi. Avvalgi mavsumda ham guruhimizdan ancha kuchli jamoalar joy olgandi. Nazarimda biz munosib kurash olib borgandik”, - dedi Farruh Sayfiev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика