So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Farhod Nishonov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin: "G'alabaga haqli edik, boshqa vaziyatlarimizdan foydalanganimizda hisob yiriklashib ketardi" Yangiliklar

Farhod Nishonov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin: "G'alabaga haqli edik, boshqa vaziyatlarimizdan foydalanganimizda hisob yiriklashib ketardi"

Pro-liganing 4-turida "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Olimpik-Mobiuz" jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Aytganingizdek, bugungi o'yin juda muhim edi. Bizda tayyorgarlik uchun vaqtimiz ko'p emasdi. "Lokomotiv"ning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqsak, biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Agar biz ochko ololmasak, "Loko" ancha ilgarilab ketishi mumkin edi. Buni yigitlar tushunishdi, his qilishdi va maydonga tushib, haqqoniy g'alaba qayd etishdi.

- G'alabaning asosiy mezoni nimada deb o'ylaysiz?

- Pro-ligada uch ochko olish qiyin bo'lyapti. Jamoalar o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rishyapti. Asosiysi - yigitlar bugun men xohlagan futbolni namoyish qilib berishdi. Ha, bazi vaziyatlarda aytganimdek harakat qila olishmagandir. Lekin ko'ryapman, o'yindan-o'yinga holat yaxshilanib bormoqda. O'zlariga biroz ishonch bera olishdi va shu sababli g'alaba qozondik deb o'ylayman. Raqibni juda jiddiy o'rgangandik, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Bu ham bizga qo'l keldi.

- "Lokomotiv" haliyam favoritmi?

- "Lokomotiv" bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, ular bilan hali o'yinlarimiz ko'p. Bugun 10 kishi bo'lib qolgandayam "Loko" favorit bo'lib turdi, vaziyatlar yaratyapti, oxirigacha harakat qilyapti. Tarkibida o'ynayotgan futbolchilari juda tajribali. Ularni esdan chiqarish kerak emas. Yigitlarim o'yindan keyin hissiyotlarga berilishdi, baqirishdi, g'alabani nishonlashdi. Lekin esdan chiqarish kerak emas, baribir ligada "Lokomotiv" - favorit.

- O'yindan oldin "Lokomotiv"ni o'rganganingizda jamoaning qanday kamchiliklarini ko'rdingiz?

- Kamchiliklardan ko'ra raqibning ustunliklariga tayyorgarlik ko'rdik. Ular standartlarda, autlarda yaxshi harakat qilishini bildik. O'ziga yarasha kamchiliklari bor. Шular orqali biz ko'p vaziyat yaratdik, ulardan foydalana olmadik. Agarda foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lib ketardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика