So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Farg'onada "Mahallada futbol" musobaqasi start oldi Yangiliklar

Farg'onada "Mahallada futbol" musobaqasi start oldi

SHu kunlarda Respublikamiz bo'ylab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi, O'zbekiston Futbol Associaciyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tashabbuslari bilan "Mahallada futbol" musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan bugun Farg'onada mazkur musobaqa start oldi.

13-14 yoshli bolalar o'rtasida o'tkazilgan mazkur musobaqada O'zbekiston futbol Associaciyasi vakili Mamur Saidqosimov, Farg'ona viloyati futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev, turli darajadagi OAV vakillari va ko'plab masul tashkilotlar xodimlari ishtirok etmoqdalar. "Mahallada futbol" musobaqasi butun Respublikamiz bo'ylab ko'tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqa tafsilotlari yuzasidan Farg'ona viloyati futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Respublikamiz bo'ylab karantin talablari yumshatilganligi tufayli asta-sekin turli darajadagi futbol musobaqalari tashkil etilmoqda. Xususan muhtaram Prezidentimizning futbolni rivojlantirish to'g'risidagi farmonlari ijrosi yuzasidan kuni kecha Marg'ilon shahrida "Futbolimiz kelajagi" musobaqasini tashkil etdik. Bugun esa guvohi bo'lganingizdek, "Mahallada futbol" musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Bu o'z-o'zidan Respublikamizda, shuningdek Farg'ona viloyatida futbolga bo'lgan etiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Futbol musobaqalaridan ko'rib turibmizki, karantin davrida yosh futbolchilar o'yinlarni sog'inib qolishgan. Musobaqalarga ulardagi ishtiyoq va qiziqishni ko'rib barchamiz birdek xursandmiz" - deydi Nosir Otaqo'ziev.




Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика