So’nggi yangiliklar

09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  1 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5

Farg'onacha derbi. O'yin atrofidagi voqeliklar Yangiliklar

Farg'onacha derbi. O'yin atrofidagi voqeliklar

Kecha Yaypandagi "O'zbekiston" stadioni navbatdagi Farg'ona derbisiga mezbonlik qilgani haqida xabaringiz bor.

"Qo'qon-1912"-"Neftchi" to'qnashuvida darvozalarga oz emas, ko'p emas, jami 6 ta urildi va yakuniy hisob 3:3 ko'rinishidagi jangovor durang natija bilan yakuniga etdi. O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev tabiri bilan aytganda, bu uchrashuv derbidanda kattaroq o'yin bo'ldi. Keling, hozir siz bilan Farg'onacha derbining maydon va uning tashqarisidagi etiborga molik voqeliklar haqida so'z yuritamiz. 

Bu yilgi mavsumda "Qo'qon-1912" va "Neftchi" klublari o'rtasidagi Farg'ona derbilarining har ikkisiga ham Yaypandagi "O'zbekiston" stadioni mezbonlik qildi. 


Bir oz muddat yog'ib o'tgan yoz yomg'iri ham o'yinning haroratiga o'z tasirini o'tkaza olmadi.  

O'zbekiston, FIFA, OFK va "Turon". Stadionda hilpirayotgan sizga tanish bayroqlar


O'z vaqtida har ikki jamoa safida o'ynagan sobiq darvozabon G'ayrat Hasanov ham derbini stadionning o'zidan kuzatib bordi. 


"Ismoil marojna"ning doimgidek bozori chaqqon. 


Derbini kuzatayotgan "Turon" hujumchisi Humoyun Murtozaev. 


Bu yigitchalar o'zlarini Championat.asiada ko'rishni juda-juda istashgandi, ko'rib turganingizdek orzu haqiqatga aylanmoqda. 


Bu kabi muxlislar faqat Evropada emas, o'zbek futbolida ham bor. 


Yigitcha to'pni etkazib berishga shay xolda turibdi. 


Bu futbolchi, eslab qoling, raqamim 46, familiyam esa Ubaydullaev deya golni nishonlamoqda. 


"Qo'qon-1912" klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga suratlarni mana shu yigit taqdim etadi. 

"Ismoil marojna"dan muzqaymoq xarid qilganlar orasida Mansur Saidov va Iqbol Akramovlar ham bor. 


"Turon" fan klubi raisiga ham bu derbi yoqdi.


Uchrashuv bosh hakami Timur To'xtasinovning o'yindagi vaziyatga emociyasi. 


Oybek Qilichev va Murod Xolmuhammedov. Har ikki jamoa etakchilaridan derbiga xos bo'lgan tortishuv jarayoni. 


O'yin yakunida Superligamizda debyut uchrashuvini o'tkazgan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan esdalik uchun surat. 


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Foto: Dilmurod Isaqov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика