So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Farg'ona viloyati hokimi kubogining finalchilari malum bo'ldi Yangiliklar

Farg'ona viloyati hokimi kubogining finalchilari malum bo'ldi

Bugun "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida yarim final bahslari bo'lib o'tdi.

"Neftchi" penaltilar seriyasida "Qo'qon-1912"ni engdi

Farg'onaning "Neftchi" va Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvi keskin kurashlar va bellashuvlarga boy o'tdi. Har ikki jamoa vakillari g'alaba uchun maydonda astoydil bahs olib bordilar. Uchrashuvda dastlab qo'qonliklar sardori Murod Xolmuxammedov, keyinroq "Neftchi" futbolchisi Jamshid Qobulovga qizil kartochka ko'rsatilganligi uchrashuvning keskin ruhda o'tganligidan dalolat beradi. Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, musobaqa reglamentiga ko'ra g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida omad "Neftchi"ga kulib boqdi - 4:3.

“Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2020” 

Yarim final

“Qo'qon-1912” – “Neftchi”  – 0:0 (Penaltilar bo'yicha 3:4)

CHetlatish: Murod Xolmuxammedov (55), Jamshid Qobulov (64)

“Qo'qon-1912”: 33. Muzaffar Abdullaev, 4. Sobit Sindarov, 10. Quvondiq Ro'ziev, 13. Bek Abdullaev, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 19. Suhrob Berdiev, 21. Ivan Yosovich, 22. Bobur Akbarov,70. Murod Xolmuhammedov, 91. Otabek Haydarov. 

Zaxira: 1. Islom Abdullaev, 30. Botirali Ergashev, 5. SHodiyor Hojimatov, 9. Zohid Abdullaev, 11. SHohnazar Norbekov, 23. Aleksandr Merzlyakov,27. Jasur Yoqubov, 29. Hamidullo Abduhamidov, 99. Suhrob Nurulloev.

“Neftchi”: 1. SHerzod Abduraimov, 3. Mirjalol Nematov, 7. Islombek Karimov, 8. Eldor Ergashev, 9. Alisher Abduvohidov, 10. Islom Toshpo'latov, 13. Jamshid Qobulov, 18. Javohir Rasulov, 23. Asil G'oyibjonov, 25. Sanjar Zokirov, 32. Doston Toshmatov.

Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 4. SHohjahon Ro'zimatov, 5. Bobur Isroilov, 11. Doston Bobojonov, 15. Abdujalil Manazarov, 20. Durbek Kamolov, 22. Dilshod Umrzaqov, 28. Doniyor Madaminov, 44.Jamshid To'raqulov.

"Turon" so'ngi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Istiqlol"ni mag'lub etdi

Musobaqaning ikkinchi yarim final bahsi Farg'onaning "Istiqlol" va Yaypanning "Turon" jamoalari o'rtasida kechdi. Murosasiz va qiziqarli ruhda o'tgan uchrashuvda Javohir Sohibovning so'ngi daqiqalarda urgan goli yaypanliklarga final yo'llanmasini taqdim etdi.

"Istiqlol" - "Turon" 0:1

Gol: Javoxir Sohibov (89)

"Istiqlol": 45. Nodirbek Ashurmatov, 4. Jasurbek Ermamatov, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 27. Hojiakbar Yunusov, 44. Umid Qodirov, 23. SHokir Yuldashev, 78. Abbos Maxstaliev, 70. Robbim Hasanov, 14. Rustam Abduxamidov, 18. SHoxrux Boyqo'ziev.

"Turon": 30. Akmal Ortiqov, 15. SHoxrux Xolmatov, 21. Otabek Miraliev, 18. Asliddin Toshtemirov, 27. G'olib Sariboev, 5. Oybek Axmatov, 8. Baxodir Akramov, 10. Javohir Sohibov, 14. Doniyor Ismoilov, 23. Xurshid Asqaraliev, 11. Davron Isaqov.

Musobaqaning bosh sovrini uchun kechadagan final uchrashuvida Farg'onaning "Neftchi" va Yaypanning "Turon" jamoalari to'qnash kelishadi. Final bahsi ertaga, 7-fevral kuni Farg'ona davlat universiteti o'yingohida o'tkaziladi.

Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика