So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Evrofutbol. O'z mamlakatining chempionlari (FOTO) Yangiliklar

Evrofutbol. O'z mamlakatining chempionlari (FOTO)

Evropada milliy chempionatlar yakunlandi. Etakchi mamlakatlar chempionligini qo'lga kiritgan jamoalar haqida tanishtirib o'tamiz.


Slovakiya chempionligini qo'lga kiritgan "Slovan" sharafiga Bratislava ko'chalarida tantanali namoyishlar o'tkazilmoqda.



Xorvatiyada Zagrebning "Dinamo" jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.



Isroil chempionatida Tel-Avivning "Makkabi"si chempion bo'ldi va ular kelasi yili ECHLda ishtirok etadigan bo'lishdi.



"Seltik" bu yil asosiy raqobatchisi "Reynjers"ning yo'qligi sababli SHotlandiyada chempion bo'lishda muammoga duch kelmadi.



"Olimpiakos" jamoasi kiyinish xonasida Greciya chempionligini nishonlashmoqda.



"Galatasaroy"dan sezilarli ravishda ilgarilab ketgan "Fenerbaxche" Turkiya chempionligini naqd qildi.



"Ayaks" Frank de Bur boshchiligida ketma-ket to'rtinchi chempionligini qo'lga kiritdi.



Evropa Ligasi finalida mag'lubiyatga uchragan "Benfika" Portugaliya chempioni hisoblanadi.



"Bavariya" Gvardiola boshchiligida deyarli ikki oy oldin Germaniya chempionligini naqd qilib qo'ygan edi.



"Manchester Siti" uch yil ichida ikkinchi marotaba Angliya chempionligini qo'lga kiritmoqda.



Kievning "Dinamo"si o'z muammolari bilan ovora bo'lib yurgan bir vaqtda, "SHaxtyor" ketma-ket beshinchi marotaba Ukraina chempionligini qo'lga kiritdi.



Italiyada esa "Yuventus" o'z tarixidagi 30-chempionligini qo'lga kiritdi.



PSJ ketma-ket ikkinchi marotaba Franciya chempionligini qo'lga kiritdi.



Uzoq davom etgan kurashlardan so'ng Sluckiy boshchiligidagi "harbiylar" Rossiya chempionatini qo'lga olishdi. CSKA - chempion!



Madridning "Atletiko" jamoasi "Kamp Nou"da Ispaniya chempionligini tantana qildi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика