So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Evrofutbol. Bugungi o'yinlar anonsi Yangiliklar

Evrofutbol. Bugungi o'yinlar anonsi

Bugun Ispaniya, Germaniya va Franciya chempionatlarining navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi.
Evropa futboli ishqibozlari seshanba kuni ham haqiqiy futbol havosidan "nafas" olishlari mumkin bo'ladi.
Ispaniya chempionatining 5-tur o'yinlari "Real" - "Elche" uchrashuvi orqali boshlanadi. Karlo Anchelotti shogirdlari "Deportivo" ustidan qozonilgan fantastik natijadan so'ng endi "Elche" bilan hisob-kitob qilib olishadi.
turnir jadvali peshqadami "Barselona" ertaga "Malaga" mehmoni bo'ladi.
Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" safarda "Almeriya" bilan kuch sinashishiga to'g'ri keladi.



Ispaniya chempionati, 5-tur.

23 sentyabr, seshanba.

"Real" - "Elche" (23:00)

24 sentyabr, chorshanba.

"Selta" - "Deportivo" (01:00)
"Almeriya" - "Atletiko" (23:00)
"Eybar" - "Vilyarreal" (23:00)
"Rayo Valekano" - "Atletik" (23:00)

25 sentyabr, payshanba.

"Sevilya" - "Real Sosedad" (01:00)
"Granada" - "Levante" (01:00)
"Malaga" - "Barselona" (01:00)
"Espanol" - "Xetafe" (23:00)

26 sentyabr, juma.

"Valensiya" - "Kordoba" (01:00)




Germaniya chempionati ishqibozlari ham bugun zerikib qolishmaydi. Bundesligada ham 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Turnir jadvalida peshqadamlik qilib kelayotgan "Paderborn" jamoasi hozircha mavsumni mag'lubiyatsiz davom ettirmoqda. Bundesliga debyutantining ushbu starti ko'pchilik uchun kutilmagan katta "sovg'a" bo'lgani sir emas. Ularni ushbu turda bundesligadagi eng katta sinov kutib turibdi. Yani, ular bu turda amaldagi chempion Myunxenning "Bavariya" jamoasi mehmoni bo'lishadi. CHempionat debyutanti, turnir jadvalidagi peshqadam jamoa uchun bu o'yin juda muhim hisoblanishi aniq. "Bavariya" esa o'tgan turda kutilmaganda autsayderlar qatoridan joy olib kelayotgan "Gamburg" qarshiligi enga olmagan edi. "Bavariya" o'z etakchilarining jarohatlari va har uch kunda o'yin o'tkazilayotgani bois, Pep Gvardiola har o'yinda tarkibda bir qator rotatciyalarni amalga oshirib ko'rishga majbur bo'lmoqda. Garchi o'yin favoriti mezbonlar hisoblanishsada, hozirgi "Bavariya"ning holati va raqibning muvaffaqiyatli o'yinlari uchrashuvda har narsa bo'lishi mumkinligini bildiradi.  
O'tgan turda bundesligadagi barcha grand jamoalar ochko yo'qotishgan edi. SHulardan biri "Borussiya D" jamoasi. Bu turda Yurgen Klopp shogirdlari o'z maydonlarida "SHtutgart" bilan kuch sinashishadi. Alamzada "Borussiya D" o'z muxlislari qarshisida qanday bo'lmasin g'alaba qozonishga harakat qiladi.



Bundesliga, 5-tur.

23 sentyabr, seshanba.

"Bavariya" - "Paderborn" (23:00)
"Xoffenxaym" - "Frayburg" (23:00)
"Verder" - "SHalke" (23:00)
"Ayntraxt F" - "Maync" (23:00)

24 sentyabr, chorshanba.
"Borussiya D" - "SHtutgart" (23:00)
"Bayer" - "Augsburg" (23:00)
"Borussiya M" - "Gamburg" (23:00)
"Gannover" - "Kyoln" (23:00)
"Gerta" - "Volfsburg" (23:00)


"Paderborn" futbolchilari Gvardiola jamoasiga nima tayyorlab qo'yishgan ekan?



SHuningdek, bugun yana Franciya chempionatining 7-tur o'yinlari boshlanadi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Marsel" "Reyms"ga safar uyushtiradi. PSJ esa "Kan" bilan to'qnash keladi.



Franciya chempionati, 7-tur.

23 sentyabr, seshanba.

"Reyms" - "Marsel" (22:00)


24 sentyabr, chorshanba.

"Renn" - "Tuluza" (00:00)
"Lion" - "Loryan (22:00)
"Bastiya" - "Nant" (22:00)
"Nicca" - "Lill" (22:00)
"Evian" - "Lans" (22:00)
"Monpele" - "Monako" (22:00)
"Gengam" - "Metc" (22:00)

25 sentyabr, payshanba.

"Kan" - PSJ (00:00)

26 sentyabr, juma.

"Sent-Eten" - "Bordo" (00:00)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика