So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Evro-2024"da hech kim Angliya bilan tenglasha olmaydi" Yangiliklar

"Evro-2024"da hech kim Angliya bilan tenglasha olmaydi"

Pol Merson Angliya terma jamoasini Evro-2024ning asosiy favoriti sifatida ko'rmoqda.

"Angliya Evroda g'olib bo'ladi. Agar biz bu musobaqani yuta olmasak, "shok"da bo'lishim aniq. Kim bizni yuta oladi? Balki Franciya. Biroq ular bilan avvalgi to'qnashuvda (JCH-2022 1/4 finalida inglizlar 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan – Championat.asia), o'yin teng bo'lgan, Xarri Keyn esa penaltidan foydalana olmagandi. Agar u gol urganida g'alaba naqd edi.

Germaniya? Yo'q. Portugaliya? Yo'q, ularda qariyalar jamoasiku. Angliyada esa turli holatlarda tajriba to'plagan tarkib mavjud. Ular zafar quchishga tayyor.

Bir oydan ko'proq davom etadigan musobaqada hech kim Angliya bilan tenglasha olmaydi. Bizning zaxiramizda istalgan boshqa termaning asosiy tarkibida o'ynay oladigan futbolchilar bo'ladi. Mana misol Markus Reshford va Jek Grilishni tarkibiga qo'shmaydigan birorta Evropa terma jamoasini topa olmayman. Agar Angliyaga butun Evropadan futbolchi chaqirish mumkin bo'lganida hozir borlarga faqatgina Kilian Mbappe va Virjil van Deykni qo'shgan bo'lardim", – dedi "Arsenal" sobiq futbolchisi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика