Evro va Kopa Amerika g'oliblari o'rtasidagi bahs qachon bo'lib o'tadi?

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2024
Finalissima 2025 yilning yozida bo'lib o'tadi.

Evro-2024 va Kopa Amerika-2024 g'oliblari o'rtasidagi uchrashuv bo'lishi yoki bo'lmasligi aniq emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, katta ehtimol bilan bahs bo'ladi. 2021 yilda UEFA va Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi o'rtasida 2028 yilgacha mo'ljallangan memorandum imzolangan.

Evro finalida Angliya va Ispaniya o'ynasa, Amerika Kubogi finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari bellashadi.

2022 yilda Finalissimaning birinchi bahsi bo'lib o'tgan edi. Unda Argentina Italiyaga qarshi bahs o'tkazgan va janubiy amerikaliklar Londondagi "Uembli" stadionida 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

Keyingi o'yin AQSHda o'tkazilishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports