Evra Brununing ketishiga qarshi: "U jamoaning eng muhim o'yinchisi, usiz MYU Evropa Ligasi finaliga chiqmagan bo'lar edi. Uni qo'yib yuborishsa, xato bo'ladi"
14 may 15:26
Yangiliklar
Evra Brununing ketishiga qarshi: "U jamoaning eng muhim o'yinchisi, usiz MYU Evropa Ligasi finaliga chiqmagan bo'lar edi. Uni qo'yib yuborishsa, xato bo'ladi"
Patris Evra Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"dan ketishiga qarshi chiqdi.
Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi "Al Hilol" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"U [Ruben Amorim] keyingi mavsumda raqobatbardosh jamoaga ega bo'lishni xohlaydi. Bizga ko'proq himoyachilar, yaxshi hujumchi va ehtimol, Brununi qo'llab-quvvatlash uchun bir necha yarim himoyachi kerak.
Eshitishimcha, Saudiya Arabistonida Brunu uchun katta pul taklif qilishgan va men uni qo'yib yuborishsa, bu xato bo'ladi deb o'ylayman.
Odamlar uning yoshi – 30 da ekanini gapirishadi. Yo'q! U jamoaning eng muhim o'yinchisi. Menimcha, agar Brunu bo'lmaganida, ehtimol, biz Evropa Ligasi finaliga chiqmagan bo'lardik", – dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Sky Sports’ga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar