"Everton" bosh murabbiyi "Liverpul"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan mamnun bo'lmadi
22 okt 2023 10:51
Yangiliklar
"Everton" bosh murabbiyi "Liverpul"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan mamnun bo'lmadi
"Everton" bosh murabbiyi SHon Daych kecha "Liverpul"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan noroziligini bildirdi.
"Zamonaviy futbolning tabiati shunday g'alati. Hisob 0:0 paytida "Liverpul" nega 11 kishi bo'lib o'ynaganini tushunmadim. Raqiblar bosh murabbiyi ham buni tushunmadi va tezda almashtirilishi kerak bo'lgan futbolchini zaxiraga oldi. U maydonda qolmasligi kerak edi. Tabiiyki, bu o'yinning borishiga tasir qildi.
Yang borasidagi holat esa tushunarsiz, unga qanday baho berishni ham bilmayman. "Liverpul" futbolchisi ham ahmoqona fol qilgan va bunga ikkinchi sariq kartochka berilishi kerak edi. Uning holati Yangning folidan ko'ra jiddiyroq ko'ringandi. Ha, Yangning ikkinchi foli sariqqa tortardi, ammo birinchisi...", - dedi Daych.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar