Eshitdik-da! "Paxtakor" Xoldorxonovni qaytarmoqchi, lekin...
30 iyu 2022 23:05
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Paxtakor" Xoldorxonovni qaytarmoqchi, lekin...
Toshkentning "Paxtakor" klubi 2-davrada vaziyatni o'nglab, chempionlik unvonini saqlab qolish uchun tarkibni kuchaytirishga harakat qilyapti. Malum bo'lishicha, Maksim SHackix Po'latxo'ja Xoldorxonovni ham jamoaga qaytishini istagan. Ammo "Olimpik" rahbariyati iqtidorli hujumchini qo'yib yuborishni xohlamayapti.
Malumot uchun, Po'latxo'janing transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli. U Timur Kapadze jamoasida ijara asosida to'p tepyapti.
Tomonlar o'rtasida imzolangan shartnomada "sherlar" o'z tarbiyalanuvchisini transfer oynasi ochilishi bilan qaytarib olish huquqini saqlab qolgan. Buning uchun "olimpiyachilar" 5 kun oldin rasman ogohlantirilishi kerak.
Bilishimizcha, "Paxtakor" allaqachon bu borada ogohlantirish yuborgan. Ammo "Olimpik" rahbariyati Xoldorxonovni jamoada ushlab qolmoqchi.
Transfer oynasi yopilishiga 1 soat vaqt qoldi. Ko'ramiz, Po'lat 2-davrani qaysi jamoada o'tkazar ekan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar