Eshitdik-da! O'zbek futbolida yana bir tarixiy voqelik bo'lishi kutilmoqda
22 avg 18:40
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'zbek futbolida yana bir tarixiy voqelik bo'lishi kutilmoqda
Yodingizda bo'lsa, yoshlar chempionati doirasidagi "Lokomotiv" - "Surxon" bahsi avvaliga 11:00da TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida boshlanib, 37-daqiqada to'xtab qolgandi. Uchrashuvning qolgan qismi soat 17:00dan TTYMI stadionida davom ettirildi.
Bu voqelik ham tarixiy bo'lishi mumkin: Superliga doirasidagi "Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi birinchi taqvimda 23 avgust kuni bo'lishi aytilgandi. Keyinchalik bu 24 avgustga ko'chdi. Bizga malum bo'lishicha, bu bahs 25 avgustga ko'chdi.
Xo'sh, buni nimasi tarixiy bo'lishi mumkin deyishingiz tabiiy. Gap shundaki, ushbu jamoalar o'rtasidagi U-21 chempionati bahsi ham o'sha kuni o'tkaziladi. Asosiy jamoalarning o'yini "Do'stlik" stadionida, yoshlar jamoalariniki esa "Lokomotiv" stadionida bo'ladi.
Asosiy va yoshlar jamoalarining o'yinlari bir kunda. Bunday noyob xodisalar Superliga tarixida avval bo'lmagan.
Fikrlar