Eshitdik-da! Ifiani Ifiani va Viktor Mbaoma "Qizilqum" futbolchisiga aylandi
31 jan 2023 20:43
Yangiliklar
Eshitdik-da! Ifiani Ifiani va Viktor Mbaoma "Qizilqum" futbolchisiga aylandi
Ikki futbolchi navoiyliklar safiga borib qo'shilgan.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, "Qizilqum" jamoasi nigeriyalik futbolchilar Ifiani Ifiani va Viktor Mbaoma bilan shartnoma imzoladi. Ikki o'yinchi jamoa bilan ko'rikdan ham o'tishga ulgurgan.
Ifiani Ifiani o'zbekistonlik muxlislarga "Mashal"dagi o'yinlari orqali yaxshi tanish. Futbolchi 2022 yilning boshida "Mashal"ni tark etib, Iroqning "Navro'z" klubiga ko'chib o'tgandi.
Viktor Mbaomaning oxirgi jamoasi esa Jazoirning "MK Jazoir" klubi bo'lgan. Undan oldin esa futbolchi Nigeriyadagi mahalliy klublarda to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar