Eshitdik-da. Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ni tark etdi
04 apr 2022 05:14
Yangiliklar
"Qizilqum" jamoasida uzoq yillardan beri menejer, bosh murabbiyi, ushbu mavsumdan esa bosh direktor sifatida faoliyat olib borgan Hamidjon Aktamov klubni tark etdi.
Ayni vaqtda jamoa sport direktori lavozimida ishlab kelgan Alisher Xalikov klub bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
2020 yilgi mavsum boshida ham klubda xuddi shu kabi tushunarsiz o'zgarishlar amalga oshirilib, "Surxon"ni boshqarayotgan Hasan Ro'ziev "Qizilqum" prezidenti lavozimiga tayinlangan, oradan hech qancha o'tmay boshqaruv yana Hamidjon Aktamov qo'liga o'tgan edi. Voqealar rivojini kuzatamiz. Bu safar nima bo'lar ekan.
Eslatib o'tamiz, hozirda "Qizilqum" Superligada ortda qolgan 4ta turda 10 ochko to'plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar