Eshitdik-da! Alisher Odilov "Ximki" bilan shartnoma tuzdi, kelishuv muddati ham malum
26 avg 2024 16:49
Yangiliklar
Eshitdik-da! Alisher Odilov "Ximki" bilan shartnoma tuzdi, kelishuv muddati ham malum
20 avgust kuni tunda bergan xabarimizda forvard bir necha soatdan keyin Rossiyaga uchib ketishi va yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida yozgan edik.
Championat.asia olgan malumotga ko'ra, Odilov "Ximki"da tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. 23 yoshli hujumchi yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Alisher Odilov indinga, 28 avgust kuni Rossiya Kubogi guruh bosqichi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi Moskvada bo'lib o'tadigan o'yinda debyut qilishi kutilmoqda. Malumot uchun, "Lokomotiv" ayni paytda Rossiya chempionatida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kubokda moskvaliklar oldingi ikki o'yinda ham g'alaba qozonib, o'z guruhlarida 1-pog'onada borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Ximki" joriy mavsum Rossiya chempionatida 6 o'yindan keyin 6 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar