Eron U-23 bosh murabbiyi: "Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – nomalum jamoa ekanligi"
05 sen 2023 14:05
Yangiliklar
Eron U-23 bosh murabbiyi: "Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – nomalum jamoa ekanligi"
"Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan barchaga rahmat. Biz uchun har bir musobaqa qiyinchilik bilan o'tadi. Gonkong bilan o'yin birinchi qadam va bor etiborimiz ularni yutishga qaratilgan", – dedi Rizo Inoyati.

- Afg'oniston va Gonkongga nisbatan asosiy kurash O'zbekiston bilan kechadi. Bu o'yinga maxsus reja asosida tayyorlanasizlarmi? Odatdagidan farq qiladimi?
- Albatta, o'z rejalarimiz bor. Qadamma-qadam bu rejalarni amalga oshiramiz. Gonkong bilan o'yindan keyingina O'zbekiston haqida o'ylaymiz.

- Eron Olimpiadaga chiqsa, harbiy xizmatdan ozod etilishi haqida xabar chiqdi. Bu rostmi va Eron uchun Olimpiada qanchalik muhim?
- Bu fikringiz yuz foiz to'g'ri. Bu futbolchilarimiz uchun juda muhim hisoblanadi. Harbiy xizmatdan ozod bo'lishdan ko'ra jamoani shakllantirish, musobaqalarda yaxshi qatnashish, futboldagi natijalar ustun hisoblanadi.
- Gonkongdan qaysi taraflama qarshilik kutmoqdasiz?
- Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – nomalum jamoa ekanligi. O'yin taktikasini tushunish qiyin bo'ldi. Albatta, ularni tahlil qilib chiqdik. Bu o'yinda hech qanday syurpirizlar bo'lmaydi.

- 2007 yil Eron terma jamoasi safida Osiyo Kubogida O'zbekistonga qarshi o'ynagansiz. Umuman bu uchrashuvni qanday eslaysiz?
- Albatta, yurtingizda futbol juda yaxshi rivojlanmoqda. 18, 20, 23 yoshgacha bo'lgan jamoalaringiz yaxshi natija qayd etib kelmoqda. Bu musobaqadan so'ng ikki jamoada ham yaxshi xotiralar bilan qolishini istayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar