So’nggi yangiliklar

13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   0 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  13 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  14 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  7 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1

Eron. Melziddinov va Qilichev to'qnashuvi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Eron. Melziddinov va Qilichev to'qnashuvi bo'lib o'tdi

Kuni kecha Eron Pro-ligasida 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Etiboringizga legionerlarimiz ishtirokidagi o'yinlarni taqdim etamiz.

Fozil Musaev to'p tepayotgan "Sepaxon" klubi safarda "Istiqlol" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda "Sepaxon" 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Musaev bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. "Sepaxon" 18ta turdan so'ng 33 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasini egallab turibdi. Klub navbatdagi turni 4 fevral kuni o'z uyida "Naft Tehron"ga qarshi o'tkazadi.

Eron pro-ligasi musobaqa jadvali
"Istiqlol" - "Sepaxon" 2:1
Gollar:
Inoyati 9, Ibrohimi 90+4 - Papi 42.

Bahodir Nasimov faoliyat olib borayotgan "Padideh" klubi safarda "Saba Qom" bilan durang o'ynadi. Osiyo Kubogida ishtirok etgan Nasimov hali klubi safida maydonga tushgani yo'q. "Padideh" hozir 21 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. Klub 6 fevral kuni safarda "Tarktor Sozi" bilan bellashadi.

"Saba Qom" - "Padideh" 0:0

Bu turda Eronda o'zbekistonliklar to'qnashuvi bo'lib o'tdi. Ruslan Melziddinov to'p tepayotgan "Naft Masjid Sulaymon" klubi o'z uyida Oybek Qilichev o'ynayotgan "Paykon"ni qabul qildi. Bu bahsda ham nursiz durang qayd etildi - 0:0. Ikkala legionerimiz uchrashuvni to'liq o'tkazishdi. "Paykon" 19 ochko bilan 12-o'rinda, "Naft" esa 15 ochko bilan 15-pog'onadan joy olgan. Melziddinov jamoasi 5 fevralda "Saba Qom"ni qabul qiladi, "Paykon" esa "Gostaresh Fulad Tabriz" bilan o'ynaydi.

"Naft Masjid Sulaymon" - "Paykon" 0:0


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика