Ernandes "Atletiko"ga qaytishi mumkinligini tan oldi
26 okt 2022 18:56
Yangiliklar
Ernandes "Atletiko"ga qaytishi mumkinligini tan oldi
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes "Atletiko"ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Agar shunday imkoniyat bo'lsa, nega endi yo'q? Bu klub menga hamma narsani berdi va men unga doim omad tilab qolaman", – dedi futbolchi.
Franciyalik o'yinchi Madridning "Atletiko" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ispaniya klubida 2014 yildan 2019 yilgacha o'ynagan. Madrid jamoasi bilan Evropa Ligasi va UEFA Superkubogida g'olib chiqqan.
Ernandes joriy mavsum "Bavariya" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar