So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

Ermatov va Kovalenko OCHL nimchorak finalida hakamlik qiladi Yangiliklar

Ermatov va Kovalenko OCHL nimchorak finalida hakamlik qiladi

2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvlari 13-14 may kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqa chorak finalchilarini aniqlab beruvchi uchrashuvlarni boshqarib borishga, jumladan, o'zbekistonlik FIFA referilari ham jalb etilgan.
2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvlari 13-14 may kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqa chorak finalchilarini aniqlab beruvchi uchrashuvlarni boshqarib borishga, jumladan, o'zbekistonlik FIFA referilari ham jalb etilgan.

Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi 13 may, seshanba kuni Janubiy Koreyaning Poxang Stilerz va CHonbuk Motors jamoalari o'rtasidagi nimchorak final uchrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda o'zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorov yordam beradi, o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev esa zaxira hakami sifatida qayd etilgan.

Malumot uchun, 6 may kuni bo'lib o'tgan dastlabki CHonbuk Motors – Poxang Stilerz uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi esa OCHLning G'arbiy mintaqasidagi nimchorak final javob o'yinida ishlaydi. BAAning Al-Ayn va Al-Jazira jamoalari o'rtasidagi bahsda Kovalenkoga yon chiziqlarda Rafael Ilyosov va Jahongir Saidov, zaxirada esa Vladislav Ceytlin ko'maklashadi.

Qayd etish joiz, 6 may kuni bo'lib o'tgan dastlabki Al-Jazira - Al-Ayn uchrashuvida ham mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

Takidlash o'rinli, Janubiy Koreyadagi uchrashuv Ravshan Ermatov uchun OCHLning joriy mavsumidagi uchinchi, Kovalenko uchun BAAdagi bahs esa joriy mavsum hisobidan oltinchi uchrashuv hisoblanadi. Ermatov bungacha guruh bosqichida Al-Ahli (BAA) – Sepohon (Eron; 0:0) va Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Sentral Kost Mariners (Avstraliya; 1:0) uchrashuvlariga jalb etilgan bo'lsa, Kovalenko saralash pley-offidagi Beyjing Guoan (Xitoy) – CHonburi (Tailand; 4:0), guruh bosqichidagi Al-Hilol (Saudiya Arabistoni) – Al-Ahli (BAA; 2:2), Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Seul FK (Janubiy Koreya; 2:1), SHandong Luneng (Xitoy) – Poxang Stilerz (Janubiy Koreya; 2:4), Yokogama Marinos (Yaponiya) – CHonbuk Motors (Janubiy Koreya; 2:1) bahslarida ishlagan.

Osiyo CHempionlar ligasi-2014
 Nimchorak final, javob uchrashuvi
 13 may, seshanba
 POXANG STILERZ (Janubiy Koreya) – CHONBUK MOTORS (Janubiy Koreya)
 Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston).
Yon qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).
To'rtinchi hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).
Nazoratchi: Yim Yau CHeung (Gongkong).

AL-AYN (BAA) – AL-JAZIRA (BAA)
 Bosh hakam
: Valentin Kovalenko (O'zbekiston).
Yon qanot hakamlari: Rafael Ilyosov (O'zbekiston), Jahongir Saidov (O'zbekiston).
To'rtinchi hakam: Vladislav Ceytlin (O'zbekiston).
Nazoratchi: Obid al-Qodir al-Obodiy (Iroq).
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика