So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Ermatov hamda Kovalenko brigadasi OK-2015 bahslarini boshqaradi Yangiliklar

Ermatov hamda Kovalenko brigadasi OK-2015 bahslarini boshqaradi

Osiyo Futbol Konfederaciyasi kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada o'tkaziladigan Osiyo Kubogi bahslarida ishtirok etadigan rasmiylar va hakamlar nomini elon qildi.
Etiborlisi, unda bir emas, ikki nafar o'zbekistonlik hakamlar brigadasi OK-2015 final bosqichi o'yinlarini boshqarib borish uchun OFKdan taklif olgan. Unga ko'ra, Osiyo Kubogi bahslarida O'zbekistondan ikki nafar brigada - Ravshan Ermatov hamda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

Ravshan Ermatov o'z yordamchilari, Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston) hamda Bahodir Qo'chqorovlar (Qirg'iziston) bilan OK bahslarida hakamlik qilsa, Kovalenkoga qanotlarda FIFA laynsmenlari Jahongir Saidov (O'zbekiston) va Mamur Saidqosimovlar (O'zbekiston) yordam berishadi.

Takidlash joiz, O'zbekiston bir yo'la ikkita hakamlar brigadasi bilan Osiyo Kubogi bahslarida ishlaydigan OFKning yagona vakili hisoblanadi.

Qo'shimcha o'rnida, O'zbekistondan yana bir vakil - Farhod Abdullaev OK bahslarida nazoratchi hakam sifatida ishlaydi.

OK-2015 bahslarida ishlaydigan o'zbekistonlik hakamlar brigadasi va nazoratchilar ro'yxati.

Referi - Ravshan Ermatov.
Referi assistentlari - Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).

Referi - Valentin Kovalenko (O'zbekiston).
Referi assistentlari - Jahongir Saidov (O'zbekiston), Mamur Saidqosimov (O'zbekiston).

Nazoratchi hakam - Farhod Abdullaev (O'zbekiston).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика