So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Endrik - "Palmeyras" safida gol urgan eng yosh futbolchi Yangiliklar

Endrik - "Palmeyras" safida gol urgan eng yosh futbolchi

Braziliyalik yulduz Endrik seshanba kuni "Paranaense"ga qarshi bahsda gol urdi.

SHu tariqa u klub tarixida gol urgan eng yosh o'yinchiga aylandi. 16 yosh 3 oy-u 4 kunligida o'zining professional faoliyatidagi ilk to'pini kiritgan Endrik jamoaning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to'purari Eytor tomonidan 1916 yilda 16 yosh 11 oy va 14 kunligida qayd etgan rekordini yangiladi. 

"Real" va PSJning nishoni, deb qaralayotgan Endrikning o'zi ushbu natijasi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: 

"Bu gol men uyda va "Palmeyras"dan tashqarida qilgan mehnatim natijasidir. Biz hali ham hech narsa yutganimiz yo'q. Oldinda bizda finallar bor, davom etamiz. Oyog'imiz erdan uzilgani yo'q va kamtarlik bilan ishlashda davom etamiz". 

Yosh iqtidor egasi asosiy jamoa safida 4 ta o'yinda ishtirok etdi va u hali kamchiliklarini bartaraf etish uchun juda ko'p ishlashi kerakligi aytdi va quyidagicha qo'shimcha qildi: 

"Men uchun hali hammasi joyida emas. Ko'p mashg'ulot o'tkazishim kerak va yaxshilashim zarur bo'lgan ko'pgina kamchiliklarim bor. Qattiq ishlashim zarur. Odamlar menga ishonishlarini istayman va shunga harakat qilaman".

Seshanba kungi 3:1 hisobidagi g'alaba liga peshqadami "Palmeyras"ni chempionlik uchun yana bir qadam yaqinlashtirdi. Ular chempionat yakuniga 4 tur qolganda eng yaqin taqibchisi "Internasonal"dan 13 ochko oldinda bormoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика