So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  3 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Elit OЧL qaytmoqda. Bugun chorak finalga start beriladi Yangiliklar

Elit OЧL qaytmoqda. Bugun chorak finalga start beriladi

Bir oydan ko'p tanaffusdan so'ng yana Elit Osiyo chempionlar Ligasi qaytyapti.

Mart oyidagi maqolamizda guruh uchrashuvlari yakuniga ko'ra, G'arb va Шarq mintaqasining 8tadan 16ta jamoasi keyingi bosqichga yo'l olgani hamda 1/8 finaldan so'ng 8ta klub musobaqa bilan xayrlashgani haqida xabar bergandik.




Buyog'iga turnir 1/4 finaldan boshlab markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Oldin final uy-mehmon tarzida ikkita uchrashuvdan iborat bo'lardi, endilikda final ham Saudiyada bo'lib o'tadi.

Markazlashgan o'yinlarga Jidda shahridagi ikkita chiroyli stadion - "Qirol Abdulloh" (sig'imi 63 ming) va "Шahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig'imi 27 ming) mezbonlik qiladi.

Чorak finalda kurashni davom ettiradigan jamoalar:
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
"Yokogama Marinos" (Yaponiya)
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Gvangju FK" (Janubiy Koreya)




14 mart kuni bo'lib o'tgan qura marosimida klublar G'arb-Шarq misolida to'rtta juftlikka ajratildi. Avvalgi yillari Шarq va G'arb faqat finalda o'zaro raqib bo'lgan bo'lsa, endilikda chorak finaldan boshlab Шarqning raqibi G'arb, G'arbning raqibi Шarq jamoalari bo'ladi. Чorak final juftliklari va o'yin o'tkaziladigan sana quyidagicha ko'rinish olgan:

1/4 final. 25 aprel. 21:30. "Qirol Abdulloh" stadioni
"Al Hilol" - "Gvangju FK"

1/4 final. 26 aprel. 21:30. "Qirol Abdulloh" stadioni
"Al Ahli" - "Buriram Yunayted"

1/4 final. 27 aprel. 00:30. "Шahzoda Abdulloh Al Faysal" stadioni
"Yokogama Marinos" - "Al Nassr"

1/4 final. 27 aprel. 21:30. "Шahzoda Abdulloh Al Faysal" stadioni
"Kavasaki Frontale" - "Al Sadd"

O'yinlarning qiziq tomoni shuki, biz chorak finalda Шarq va G'arbning o'zaro kurashiga guvoh bo'lamiz. Albatta, nomdor yulduzlar G'arbda ko'proq, lekin Шarqda futbol o'ynash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Birgina Tailandning "Buriram Yunayted" klubi "Al Ahli" oldida ancha kuchsizdek ko'rinayotgani bilan Yaponiyaning ikki jamoasi hamda Janubiy Koreyaning "Gvangju FK" klubi G'arbga bemalol boshog'riq keltira oladi.

Musobaqa formatiga ko'ra, chorak finaldan boshlab barcha o'yinlar bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi. Yutqazgan Elit OЧLni tark etadi. 29-30 aprel kuni yarim final bahslari o'tkazilsa, hal qiluvchi final uchrashuvi 3 may kuni Jidda shahridagi hashamatli "Qirol Abdulloh" stadionida bo'lib o'tadi. Uchinchi o'rin uchun bahs o'tkazilmaydi.

X.Xoliqov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика